Hind kino sanoati vakillari orasida 9 tilda bemalol so‘zlasha oladigan mashhurlar borligini bilasizmi?
Shohrux Xon
Foto: Bollywoodtime
Dunyoning turli burchaklarida minglab muxlislariga ega bo‘lgan Bollivud qiroli ona tilidan tashqari yana uchta: ingliz, urdu va kannada (dravid tili) tilida gaplasha oladi. Bundan tashqari u nemis tilini yaxshi tushunadi.
Amitabh Bachchan
Foto: Bollywoodtime
Uttar-Pradesh shtatida dunyoga kelgan Bachchanning otasi hind shoiri bo‘lgan. Aktyor hind, ingliz, urdu va panjob tillarida gaplasha oladi. Bundan tashqari bengal tilini ham oz-moz biladi.
Taapsi Pannu
Foto: Bollywoodtime
Taapsiga filmlarda turli tillarda gaplasha oladigan bir-biriga o‘xshamagan qahramonlarni gavdalantirish juda ham yoqadi. U hind, panjob, tamil, telugu va ingliz tilida bemalol gaplasha oladi.
Kangana Ranaut
Foto: Bollywoodtime
Aktrisaning yoshligida ingliz tilida yaxshi gaplasha olmagani karerasiga salbiy ta’sir qilgan. Ammo Kangana o‘zini qo‘lga olib yaxshilab til o‘rganishga kirishgan. Bugungi kunda ingliz tilida bemalol so‘zlasha oladigan aktrisa fransuz va hind tilini ham yaxshi biladi.
Asin
Foto: Bollywoodtime
Karerasini Hindistonning janubiy hududlarida boshlagan aktrisa faoliyatini keyinroq Bollivudda davom ettirgan. Asin yettita: tamil, telugu, malay, ingliz, italyan va fransuz tilida so‘zlasha oladi.
Dipika Padukone
Foto: Bollywoodtime
Dipika Daniyada badminton bo‘yicha chempion Prakash Padukonening oilasida dunyoga kelgan. Nafaqat Bollivud, balki Gollivud filmlarida ham suratga tushgan aktrisa hind, ingliz va tulu tillarini yaxshi biladi. “Piku” filmida suratga tushish uchun bengal tilini o‘rganishiga ham to‘g‘ri kelgan.
Vaani Kapur
Foto: Bollywoodtime
Vaani Kapur tamil, telugu, ingliz va hind tilidan tashqari fransuz tilida ham gapira oladi.
Ayshvariya Ray
Foto: Bollywoodtime
Dunyo go‘zali Ayshvariya ona tili — tuludan tashqari yana sakkizta: hind, bengal, ingliz, tamil, maratxi, telugu, kannada va urdu tillarini yaxshi biladi. Shuningdek, ispan tilidan ham bir oz xabardor.
Vidya Balan
Foto: Bollywoodtime
Aktrisalik mahorati va turli rollarni qoyilmaqom ijro qilishi bilan yaxshi ma’lum bo‘lgan Vidya oltita: tamil, hind, bengal, maratxi, malay va ingliz tilini biladi.
Manba: daryo.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kanadaliklar AQSh tarkibida boʻlishni xohlaydimi? – “Tramp bezori, Mask esa tentak”
Pokistonning Afgʻonistonga zarbalari: “Tehrike Tolibon” qanday harakat?
AQSh hujum qilgan taqdirda Daniya Grenlandiyani himoya qila olmaydi
Zelenskiy Germaniyadagi ittifoqchilar uchrashuvi natijalari haqida nimalar dedi?
Suriyadagi kutilmagan inqilobdan soʻng oʻtgan bir oyda nimalar oʻzgardi?
Los-Anjelesdagi yongʻinlar: 10 kishi halok boʻldi, 9 mingdan ortiq inshoot zarar koʻrdi
Kanada AQSh bilan ehtimoliy savdo urushiga tayyorgarlikni boshladi
Los-Anjelesdagi yongʻinning kosmosdan koʻrinishi