Foto: Google Images
Oliy Rada deputatlari Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning harbiy holat va umumiy safarbarlikni yana 90 kunga — 13 mayga qadar uzaytirish haqidagi farmonini ma’qulladi. Vladimir Zelenskiy tegishli farmonni bir kun avval, 5 fevral kuni hukumat ko‘rib chiqishi uchun taqdim etgandi.
Ukrainaning “Strana” nashri xabariga ko‘ra, harbiy holat va safarbarlik to‘g‘risidagi farmonni 355 deputatdan 335 nafari qo‘llab-quvvatlagan, 20 nafar deputat betaraf qolgan, qarshilar yo‘q.
Ukrainada harbiy holat va safarbarlik Rossiya qo‘shinlari mamlakatga bostirib kirgan kunda — 2022 yil 24 fevralda joriy etilgandi. Ushbu chora-tadbirlar to‘qqiz marta uzaytirildi, oxirgi marta 2023 yil noyabr oyida harbiy holat uzaytirilgan.
2024 yil mart oyida Ukrainada prezidentlik va parlament saylovlari o‘tkazilishi kerak edi, biroq mamlakat konstitutsiyasiga ko‘ra, harbiy holat sharoitida ularni o‘tkazish mumkin emas. Vladimir Zelenskiyning o‘zi esa ukrainaliklarning ko‘pchiligi bunday sharoitda ovoz berishni “xavfli va ma’nosiz” deb hisoblashini aytib, saylov o‘tkazishdan bosh tortdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kanadaliklar AQSh tarkibida boʻlishni xohlaydimi? – “Tramp bezori, Mask esa tentak”
Pokistonning Afgʻonistonga zarbalari: “Tehrike Tolibon” qanday harakat?
AQSh hujum qilgan taqdirda Daniya Grenlandiyani himoya qila olmaydi
Zelenskiy Germaniyadagi ittifoqchilar uchrashuvi natijalari haqida nimalar dedi?
Suriyadagi kutilmagan inqilobdan soʻng oʻtgan bir oyda nimalar oʻzgardi?
Los-Anjelesdagi yongʻinlar: 10 kishi halok boʻldi, 9 mingdan ortiq inshoot zarar koʻrdi
Kanada AQSh bilan ehtimoliy savdo urushiga tayyorgarlikni boshladi
Los-Anjelesdagi yongʻinning kosmosdan koʻrinishi