date
views 203

Birinchi turk kosmonavtining Yerga qaytishi uchinchi marta ortga surildi

Birinchi turk kosmonavtining Yerga qaytishi uchinchi marta ortga surildi
Foto: Google Images
Birinchi turk kosmonavti Alper Gezeravjining Yerga qaytishi uchinchi marta qoldirildi. Bu haqda SpaceX'ning X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qilingan.

Xalqaro kosmik stansiyadan Crew Dragon'ning Yerga tushirilishi 6 fevralga mo‘ljallangandi. Ammo Florida qirg‘oqlari yaqinida noqulay ob-havo sharoiti davom etayotgani sababli bu parvoz boshqa sanaga ko‘chirildi.

3 fevral kuni SpaceX kompaniyasi Ax-3 ekipajining qaytishi 5 fevralga ko‘chirilganini e’lon qilgandi. Bundan bir kun o‘tib, Crew Dragon kosmik kemasi Xalqaro kosmik stansiyadan 6 fevralda uchib ketishi ma’lum bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Crew Dragon kosmik kemasi 19 yanvar kuni Xalqaro kosmik stansiyaga jo‘natilgan edi.

Taxminan 36 soatlik parvozdan so‘ng kosmik kema XKS bilan muvaffaqiyatli tutashdi. Ax-3 ekipaji tarkibida turli mamlakatlar kosmonavtlari — Maykl Lopes-Alegria (AQSH), Valter Vilyadei (Italiya), Markus Vandt (Shvetsiya) va Alper Gezeravchi (Turkiya) bo‘lgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Birinchi turk kosmonavtining Yerga qaytishi uchinchi marta ortga surildi
-->