00:33 / 09.02.2024
600

Yettinchi milliarder Rossiya fuqaroligidan voz kechdi

Yettinchi milliarder Rossiya fuqaroligidan voz kechdi
Foto: TASS
Milliarder Vasiliy Anisimov Rossiya fuqaroligidan voz kechdi. Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, Alisher Usmonovning sobiq sherigi Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishi boshlanganidan keyin buni amalga oshirgan yettinchi milliarder bo‘ldi.

Anisimov Xorvatiya fuqarosi bo‘lib, bu mamlakat iqtisodiyotiga 11 million dollar sarmoya kiritgan.

Hujjatlarga ko‘ra, Anisimov Rossiya fuqaroligidan voz kechishini 2022 yil sentyabr oyida rasmiylashtirgan. Shu bilan birga, u biznes vizasi bilan Rossiyaga kelib-ketishda davom etmoqda, unga taklifnomani «Bolshoye Domodedovo» kompaniyasi beryapti.

Anisimovning o‘zi Rossiyada aktivlari yo‘qligini va «Bolshoye Domodedovo» bilan Coalco kompaniyalarini menejerlariga berganini da’vo qiladi.

Ukrainada urush boshlanganidan keyin olti milliarder Rossiya fuqaroligidan voz kechgan edi: Timur Turlov, Ruben Vardanyan, Yuriy Milner, Nikolay Storonskiy, Igor Makarov, shuningdek, Oleg Tinkov (u urush boshlanganidan keyin milliard dollarlik boyligining katta qismini yo‘qotgan).

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo