07:46 / 09.02.2024
140

Jo Bayden Ukrainani qiyin vaziyatda yolg‘izlatib qo‘ymaslikka chaqirdi

Jo Bayden Ukrainani qiyin vaziyatda yolg‘izlatib qo‘ymaslikka chaqirdi
Foto: Google Images
Prezident Jo Bayden Ukraina ittifoqchilari Rossiya bilan “urushning muhim pallasida” uni qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortayotganidan xavotir bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda o‘q-dorilar va qurol-yarog‘ zahiralari kamayib bormoqda, bu yil bahorda janglar yanada kuchayadi.

Agar Qo‘shma Shtatlar yordam berishni to‘xtatsa, nima bo‘ladi? Yaqin Sharqda nima bo‘ladi? Tayvan bo‘g‘ozida-chi? Osiyo qanday ahvolda qoladi? Ukraina bilan nima bo‘ladi?”, — dedi Jo Bayden.

Bloomberg’ning qayd etishicha, Jo Baydenning ushbu mavzudagi chiqishi Senat Ukraina, Isroil va Tayvanni qo‘llab-quvvatlash uchun 118 milliard dollar ajratishga, shuningdek, AQSH chegaralarini mustahkamlash choralariga qarshi ovoz berganidan bir necha soat o‘tgach sodir bo‘lgan. Avvalroq Jo Bayden sobiq prezident Donald Trampni ushbu hujjat qabul qilinishiga qarshi chiqqanlikda ayblagan edi.

4 fevral kuni AQSH Senati Oq uy bilan birgalikda ishlab chiqilgan qonun loyihasini taqdim etdi. Hujjat chegarani himoya qilish uchun 20 milliard dollar, Ukrainaga yordam berish uchun 60 milliard dollar, Isroilga yordam berish uchun 14,1 milliard dollar va Hind-Tinch okeani mintaqasidagi hamkorlarga yordam berish uchun 4,83 milliard dollar ajratishni nazarda tutadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo