Afg‘onistonda o‘zbek, fors, ingliz va pushtun tilida chop etiladigan «Salam Watandar» gazetasi xabariga ko‘ra, Badaxshon viloyatida Alisher Navoiy va Zahiriddin Boburning tavallud ayomi munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tgan.
Tadbirda buyuk shaxslar she’riyatidan namunalar o‘qilgan, ular ijodi, hayot yo‘li haqida gapirilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, avvallari Afg‘onistonda buyuk mutafakkir Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburninng tug‘ilgan ayyomlari keng qamrovda nishonlangan.
– Ikki yildan buyon bunday tadbirlar ozaygan. Lekin, har qanday holatda ham Afg‘oniston o‘zbeklari qadriyatlarimiz bilan bog‘liq ayyomlarni avval ham o‘tkazgan, hozir ham o‘tkazayapti, kelajakda ham o‘tkazadi, – dedi Afg‘onistonning O‘zbekistondagi elchixonasi madaniy ishlar bo‘yicha mas’uli Muhammadsobir Turkistoniy «Xabar.uz» bilan suhbatda.
– Zero, Alisher Navoiy bobomiz Hisor viloyatida tug‘ilgan. Demakki, ular Afg‘onistonning ham, O‘zbekistonning ham birdek farzandi. Buyuk vatandoshimiz xotirasini abadiylashtirish, yosh avlodga ular meroslarini singdirish burchimizdir, – deb so‘zini yakunladi mulozim. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
"Yandeks" asoschisi Arkadiy Voloj oʻziga qoʻriqlash xizmati yollashiga kim sababchi boʻldi?
Ukrainada eng keng tarqalgan jinoyat: Armiyadan qochish!
Putin va Tramp qachon uchrashishi mumkin?
Iste'fodagi podpolkovnik: Ukraina harbiylari yarador xizmatdoshlarini tashlab, qochib ketishdi
AQSh Venesuela prezidenti Maduro haqidagi ma'lumot uchun 25 million dollar mukofot tayinladi
Nima uchun Los-Anjeles yonmoqda?
Kanadaliklar AQSh tarkibida boʻlishni xohlaydimi? – “Tramp bezori, Mask esa tentak”
Pokistonning Afgʻonistonga zarbalari: “Tehrike Tolibon” qanday harakat?