Foto: Ukraina prezidenti matbuot xizmati
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron rejalashtirilganidek 13 va 14 fevral kunlari Ukrainaga tashrif buyurmaydi. Bu haqda Challenges xabar berdi.
Yelisey saroyi, tashrif xavfsizlik sabab qoldirilganini ma’lum qildi. Bu ham fransuz, ham ukrainalik diplomatlarda ko‘plab savollar tug‘dirgan, ular bundan “hayratlangan”. Fransiya prezidenti dastlab Odessaga tashrif buyurishi, so‘ng Kiyevga borishi rejalashtirilgan edi. U 200 million yevrolik fuqarolik loyihalari uchun xayriyalarga sarflanadigan fond yaratilishini e’lon qilishi kutilgandi.
Qayd etilishicha, Ukrainaga tashrifni Medef International fransuz-ukraina biznes uyushmasi ham bekor qilgan. Makronning Kiyevga safari endi qachon amalga oshishi haqida rasmiy ma’lumot berilmagan.
10 fevral kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan telefon orqali muloqot qilgandi. Natijada tomonlar Parij Ukrainaga o‘nlab “Sezar” artilleriya tizimlari, shuningdek, ular uchun snaryadlar ishlab chiqarishi va berishi haqida kelishib olgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xitoyda yangi trend: oʻquvchilarni maktabga kurer olib bormoqda
Daniya Grenlandiya mudofaasini qanday mustahkamlamoqchi?
Bayden 15 yanvarda millatga xayrlashuv nutqi bilan chiqish qiladi
Trampga Grenlandiya nima uchun kerak?
"Yandeks" asoschisi Arkadiy Voloj oʻziga qoʻriqlash xizmati yollashiga kim sababchi boʻldi?
Ukrainada eng keng tarqalgan jinoyat: Armiyadan qochish!
Putin va Tramp qachon uchrashishi mumkin?
Iste'fodagi podpolkovnik: Ukraina harbiylari yarador xizmatdoshlarini tashlab, qochib ketishdi