Ilon Maskning onasi O‘zbekistonga keladi

Ilon Maskning onasi O‘zbekistonga keladi
Foto:Google Images
Taniqli milliarder, Space X kompaniyasi asoschisi Ilon Maskning onasi Mey Mask 27 fevral kuni O‘zbekistonga kelishi kutilmoqda.

U Toshkentda joylashgan Central Asian Expo ko‘rgazma markazida chiqish qilishi rejalashtirilgan. Mazkur marosim chiptalari allaqachon sotuvga chiqarilgan.

Mey Mask — kanadalik va janubiy afrikalik model hamda “Rejali ayol” kitobining muallifi hisoblanadi.

Ilon Maskdan tashqari, Mey Maskning yana ikki nafar farzandi bor: bir o‘g‘il va bir qiz. O‘g‘li — Kimbala Mask restoranlar tarmog‘iga ega. Qizi Toski Mask esa Golivudda rejissyor va prodyuser sifatida faoliyat yuritadi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar