Foto: Delfi
Estoniya bosh vaziri Kaya Kallas jinoiy ayblovlar bilan qidiruvga berilgan. Bu haqda Rossiya Ichki ishlar vazirligining qidiruv ma’lumotlar bazasiga tayanib, “TASS” xabar bergan.
Unga ko‘ra, Kallas Kaya Jinoyat kodeksi bo‘yicha qidirilmoqda, biroq qidiruv qaysi modda bo‘yicha olib borilayotgani ko‘rsatilmagan. Shuningdek, Rossiya Ichki ishlar vazirligining ma’lumotlar bazasida Estoniya davlat kotibi Taimar Peterkopga nisbatan ham Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksi moddasi bo‘yicha qidiruv e’lon qilingan.
Shu bilan birga, “TASS” huquq-tartibot idoralari sovet askarlari yodgorliklarini yo‘q qilish va zarar yetkazganligi uchun Kallas va Peterkopga qarshi ish ochilganini xabar qilgan.
O‘tgan sentyabr oyida RF Tergov qo‘mitasi 170 dan ortiq chet el fuqarolarini, jumladan, Latviya, Litva, Estoniya, Polsha va Ukraina fuqarolarini sovet askarlari yodgorliklarini tahqirlash va vayron qilish ishlarida ayblanuvchi sifatida sirtdan aybladi. Qayd etilishicha, tergovchilar tomonidan 16 ta jinoiy holat bo‘yicha ish olib borilmoqda, sovet askarlarining harbiy qabrlari, yodgorliklaritsh tahqirlash, yo‘q qilish yoki zarar yetkazish bilan bog‘liq 143 ta holat bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xitoyda yangi trend: oʻquvchilarni maktabga kurer olib bormoqda
Daniya Grenlandiya mudofaasini qanday mustahkamlamoqchi?
Bayden 15 yanvarda millatga xayrlashuv nutqi bilan chiqish qiladi
Trampga Grenlandiya nima uchun kerak?
"Yandeks" asoschisi Arkadiy Voloj oʻziga qoʻriqlash xizmati yollashiga kim sababchi boʻldi?
Ukrainada eng keng tarqalgan jinoyat: Armiyadan qochish!
Putin va Tramp qachon uchrashishi mumkin?
Iste'fodagi podpolkovnik: Ukraina harbiylari yarador xizmatdoshlarini tashlab, qochib ketishdi