13:19 / 14.02.2024
119

Mask AQSHning barcha prezidentlarini aqliy sinovdan o‘tkazishni taklif qildi

Mask AQSHning barcha prezidentlarini aqliy sinovdan o‘tkazishni taklif qildi
Foto: Reuters
Amerikalik tadbirkor Ilon Mask o‘zining X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida davlat rahbari kognitiv testdan o‘tishi kerakligini yozgan. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bergan.

X ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi Oq uy Jo Baydenning aqliy qobiliyatini tekshirishni istamasligi davlat rahbarining sinovdan o‘ta olmaganini anglatishi haqidagi fikriga javoban Mask “yadro jomadoni” bo‘lgan shaxs uchun bu kabi tekshiruvlar ixtiyoriy bo‘lmasligi kerakligini aytdi.

Shu hafta Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Per Baydenning yillik tibbiy ko‘rigi doirasida uning aqliy qobiliyatini baholashga hojat yo‘qligini aytdi. Matbuot kotibiga ko‘ra, “prezident bilan sanoqsiz soatlarni o‘tkazgan”ligi sababli davlat rahbarini aqliy sinovdan o‘tkazishga sabab yo‘q. Dalil sifatida Jan-Per Bayden ommaviy axborot vositalarining kutilmagan savollariga tezkorlik bilan istehzoli javob bera olishini misol qilib keltirdi.

Avvalroq, AQSH Demokratik partiyasi vakillari Bayden maslahatchilaridan uning ruhiy salomatligi haqidagi shubhalarni yo‘q qilish uchun ommaviy chiqishlar va matbuot bilan muloqotni ko‘proq tashkil etishga chaqirayotgani xabar qilingan. Rossiyaga tashrifi chog‘ida jurnalist Taker Karlson Baydenni “aqlini yo‘qotgan prezident” deb atagan hamda Putinni maqtagan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo