Foto: Google Images
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on rasmiy tashrif bilan Misrga keldi. Aeroportda kutib olish marosimi haqida Misr televideniyesi reportaj e’lon qildi.
Erdo‘g‘onni Misr prezidenti Abdul Fattoh as-Sisiy va Turkiya elchisi Solih Mutlu Shen kutib oldi.
Erdo‘g‘onga tashrif chog‘ida tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan, g‘aznachilik va moliya vaziri Mehmet Shimshek, milliy mudofaa vaziri Yashar Guler va boshqalar hamrohlik qilmoqda.
Tashrifni tarixiy deb atash mumkin, bu Qohira va Anqara munosabatlarining normallashganini anglatadi. 2013 yilda Misrdagi davlat to‘ntarishidan so‘ng, Erdo‘g‘on Misr harbiylarining harakatlarini keskin qoralaganidan keyin ikki mamlakat o‘rtasida sovuqchilik paydo bo‘lgandi.
2023 yilning fevralida, as-Sisiy zilziladan so‘ng Turkiyaga hamdardlik bildirgach, munosabatlar yaxshilana boshlagan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Olimlar: internetdagi botlar iqlim inqirozini kuchaytirmoqda
AQShning 2024 yilda yuz bergan tabiiy ofatlardan koʻrgan zarari qanchaga etdi?
Jurnalistlar halok boʻlgan 88 ming rossiyalik harbiylarning ismini aniqladi
Norvegiyada ommaviy ravishda bombadan himoya qiluvchi boshpanalar qurish boshlanadi
Xitoyda yangi trend: oʻquvchilarni maktabga kurer olib bormoqda
Daniya Grenlandiya mudofaasini qanday mustahkamlamoqchi?
Bayden 15 yanvarda millatga xayrlashuv nutqi bilan chiqish qiladi
Trampga Grenlandiya nima uchun kerak?