date

Turkiyada o‘zbekistonlik «Monya xonim» qo‘lga olindi

Turkiyada o‘zbekistonlik «Monya xonim» qo‘lga olindi
Turkiya politsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi IIV Tezkor-qidiruv departamenti Qidiruv boshqarmasi hamkorligida navbatdagi tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Qayd etilishicha, tadbir davomida odam savdosi jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, 2023 yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan qidiruvda bo‘lgan, jinoyat olamida «Monya» taxallusi bilan tanilgan, 2001 y.t., Munisaxon Alijonova Istanbul shahrida qo‘lga olingan.

«Ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga yoki O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga murojaat qilish so‘raladi.

Jinoyat uchun jazoning muqarrarligini ta’minlash maqsadida Turkiya hududida hamkorlikdagi tadbirlar tizimli ravishda davom ettirilmoqda
», deyiladi konsulxona xabarida.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiyada o‘zbekistonlik «Monya xonim» qo‘lga olindi