Photo: Getty Images
15 fevral kuni Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu idorasi matbuot kotibi hozircha Falastin davlati haqidagi har qanday muhokama rad etilishini ma’lum qildi. Bu haqda CNN nashri xabar berdi.
Isroil bosh vaziri matbuot kotibi Avi Ximan matbuot konferensiyasida hozirda Falastin xalqi uchun “hadyalar” berish payti emasligini ma’lum qilgan. Ikki davlat yechimi masalasi Isroil uchun ayni damda muhim mavzu emasligini ham qo‘shimcha qilgan.
Matbuot kotibiga ko‘ra, hozirda Isroil qo‘lida keng qamrovli tinchlik loyihasini ishlab chiqish borasida reja mavjud emas. Bu rejani amalga oshirishga qarshilik qiluvchi bir qancha sabablar mavjud.
“Biz hali ham 7 oktyabr qirg‘ini oqibatlarini bartaraf etyapmiz. Hozirgi bosh maqsadimiz — HAMAS ustidan to‘liq g‘alaba qilish. Biz g‘alaba sari olg‘a davom etamiz. Bundan boshqa masalalar HAMAS yengilganidan keyin bo‘ladi”, — degan Avi Ximan.
Oldinroq AQSH prezidenti Jo Bayden isroillik garovga olinganlar va falastinlik asirlarni ozod qilishni ko‘zda tutuvchi o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi ikki davlat yechimi asosida mustahkam va kafolatliroq tinchlikka olib kelishiga umid bildirishini ma’lum qilgan edi. Isroillik o‘ta o‘ng siyosatchilar esa parlamentda ikki davlat yechimini ochiq tarzda rad etgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Olimlar: internetdagi botlar iqlim inqirozini kuchaytirmoqda
AQShning 2024 yilda yuz bergan tabiiy ofatlardan koʻrgan zarari qanchaga etdi?
Jurnalistlar halok boʻlgan 88 ming rossiyalik harbiylarning ismini aniqladi
Norvegiyada ommaviy ravishda bombadan himoya qiluvchi boshpanalar qurish boshlanadi
Xitoyda yangi trend: oʻquvchilarni maktabga kurer olib bormoqda
Daniya Grenlandiya mudofaasini qanday mustahkamlamoqchi?
Bayden 15 yanvarda millatga xayrlashuv nutqi bilan chiqish qiladi
Trampga Grenlandiya nima uchun kerak?