Foto: Reuters
Ukrainaning rus qo‘shinlariga qarshi kurashi uzoq masofali raketalar va artilleriya snaryadlarining yetishmasligi tufayli sustlashmoqda. Ukraina Prezidenti Myunxendagi xavfsizlik masalalariga bag‘ishlangan konferensiyada bu haqda ma’lum qildi, deydi Al Arabiya nashri.
Zelenskiyga ko‘ra, Andreyevkadagi chekinish Ukraina armiyasida mavjud real muammolarning yaqqol isbotidir. Ayni damda faqat o‘q-dori ta’minotigina frontdagi barqarorlik kafolati bo‘lishi mumkin.
"Ukrainani sun’iy qurol-yarog‘ taqchilligi sharoitida qoldirish, xususan, artilleriya va oldinga siljish qobiliyatining yetishmasligi Putinga urushning hozirgi shiddatiga moslashish imkonini beradi", — dedi Ukraina rahbari.
Avvalroq Yevropa Ittifoqi mart oyigacha jo‘natishni va’da qilgan bir million artilleriya o‘qlarining faqat yarmi yetkazib berilishini ma’lum qilgan edi. G‘arb ajratishi lozim bo‘lgan yordam paketlari kelajagi ham shubha ostida qolgan.
Xabarda aytilishicha, AQSH Donald Trampning Oq uyga qaytishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan saylovlar arafasida ekan, AQSHning Ukrainaga yordami kelajagi va uning NATOga sodiqligi borasida xavotirlar kuchaygan.
NATO rahbari Yens Stoltenberg Myunxenda AQSH Ukrainaga va’da qilgan yordam berilishi shart va zarur ekanligini aytgan. O‘q-dori va olis masofali raketalar bilan bog‘liq taqchillik Rossiya hujumining intensivlashuviga olib kelishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
"Nashi" asoschisi: Putinning muvaffaqiyatsizliklarida amaldorlar aybdor!
«Eng kuchli» pasportlar reytingi e'lon qilindi. Oʻzbekiston nechanchi oʻrinda?
Olimlar: internetdagi botlar iqlim inqirozini kuchaytirmoqda
AQShning 2024 yilda yuz bergan tabiiy ofatlardan koʻrgan zarari qanchaga etdi?
Jurnalistlar halok boʻlgan 88 ming rossiyalik harbiylarning ismini aniqladi
Norvegiyada ommaviy ravishda bombadan himoya qiluvchi boshpanalar qurish boshlanadi
Xitoyda yangi trend: oʻquvchilarni maktabga kurer olib bormoqda
Daniya Grenlandiya mudofaasini qanday mustahkamlamoqchi?