Foto: Reuters
Isroil AQSH prezidenti Jo Baydenning iltimosiga binoan sulh muzokaralari uchun Qohiraga muzokarachilarni yubordi, biroq ular keyingi muzokaralar uchun qaytmagan. Bu haqda Isroil bosh vazirining bayonotiga tayanib, Reuters xabar berdi.
Misr va Qatar vositachiligida G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishga erishish va HAMAS nazorati ostidagi hududda garovga olingan 100 dan ortiq isroilliklarni ozod qilish bo‘yicha olib borilgan muzokaralar hozircha natija bermagan. Seshanba kuni Qohiradagi samarasiz muzokaralar yakunlandi. Shanba kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumani chog‘ida nega isroillik muzokarachilar keyingi uchrashuvlar uchun qaytib kelmagani haqidagi savolga Isroil bosh vaziri shunday javob berdi: “Biz HAMASdan ahmoqona talablardan boshqa hech narsa eshitmadik”.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu talablar orasida urushni tugatish va HAMASni o‘z holicha qoldirish ham bo‘lgan. Shuningdek, Netanyaxu Qohiradagi Isroil vakillari muhokamalarni tinglagani, lekin hech qanday o‘zgarish bo‘lmaganini aytgan.
Netanyaxu isroillik muzokarachilar qaytishlari uchun hech qanday sabab yo‘qligini eslatib o‘tgan. Bosh vazirga HAMAS bilan kelishuvga erishishda bosim o‘tkazish uchun minglab isroilliklar Tel-Avivdagi harbiy qarorgoh oldida to‘plandi.
Isroilga ko‘ra, HAMAS hujumida 1200 ga yaqin isroillik, asosan tinch aholi halok bo‘lgan. HAMAS jangchilari shuningdek, 253 nafar asirni garovga olgan, biroq noyabr oyida qisqa muddatli sulhdan so‘ng ularning 100 dan ortig‘i qo‘yib yuborilgan. Isroilning havo va quruqlikdagi hujumi shundan so‘ng G‘azo sektorining katta qismini vayron qilgan, Falastin sog‘liqni saqlash idoralariga ko‘ra, 28 775 nafar falastinlik, jumladan, asosan tinch aholi halok bo‘lib, G‘azoning deyarli 2 milliondan ortiq aholisi uylarini tark etishga majbur bo‘lgan.
Netanyaxu Falastin davlatining bir tomonlama tan olinishini terrorizm uchun mukofot deya ta’rifladi. Isroil rahbarligim ostida Falastin davlatining bir tomonlama tan olinishiga qat’iy qarshi chiqishda davom etadi. Kelishuvga faqat tomonlar o‘rtasida hech qanday shartlarsiz to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar yo‘li bilan erishish mumkin, qo‘shimcha qildi u.
HAMAS rahbari Ismoil Haniya G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishilmagani uchun Isroilni aybladi, deyiladi guruhning shanba kungi bayonotida. Haniyaning aytishicha, HAMAS urushlarni to‘liq to‘xtatish, Isroilning G‘azo sektoridan chiqib ketishi, “nohaq qamalni olib tashlash” va Isroil qamoqxonalarida uzoq muddat qamoq jazosini o‘tayotgan falastinlik mahbuslarni ozod qilinishidan boshqa hech narsaga rozi bo‘lmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiy shimoliy koreyalik jangchilar asirga olinganini ma'lum qildi
Jeju Air samolyotining qora qutilari 4 daqiqa oldin yozib olishni toʻxtatgan ekan
"Nashi" asoschisi: Putinning muvaffaqiyatsizliklarida amaldorlar aybdor!
«Eng kuchli» pasportlar reytingi e'lon qilindi. Oʻzbekiston nechanchi oʻrinda?
Olimlar: internetdagi botlar iqlim inqirozini kuchaytirmoqda
AQShning 2024 yilda yuz bergan tabiiy ofatlardan koʻrgan zarari qanchaga etdi?
Jurnalistlar halok boʻlgan 88 ming rossiyalik harbiylarning ismini aniqladi
Norvegiyada ommaviy ravishda bombadan himoya qiluvchi boshpanalar qurish boshlanadi