Foto: “TASS”
G‘arb bilan urush bo‘lsa, Rossiya Kiyev, Berlin, London, Vashington va yadroviy triada nishonlariga kiritilgan boshqa tarixiy joylarga zarba beradi. Bu haqda Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Telegram'dagi kanalida ma’lum qildi.
Medvedev shu tariqa G‘arb davlatlarining “dunyo Rossiyaning urushda g‘alaba qozonishiga yo‘l qo‘ya olmaydi” degan bayonotlariga javob berdi. Uning ta’kidlashicha, G‘arbning Rossiyaga qarshi urushi odatiy urush natijalaridan ko‘ra dahshatliroq oqibatlarga olib keladi.
“Rossiyani 1991 yil chegaralariga qaytarishga urinishlar faqat bitta narsaga olib keladi. G‘arb davlatlari bilan butun strategik arsenalidan foydalangan holda global urushga sabab bo‘ladi. Kiyev, Berlin, London, Vashingtonga, bizning yadroviy triadamizning parvoz nishonlariga uzoq vaqtdan beri kiritilgan boshqa barcha go‘zal tarixiy joylarga (zarba berish — tahrir)”, — dedi Medvedev.
Rossiya Xavfsizlik kengashi raisining o‘rinbosari G‘arb davlatlarini “kech bo‘lmasdan” hammasini Rossiyaga qaytarishga chaqirdi. Aks holda, Medvedevning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya hamma narsani “dushman uchun maksimal yo‘qotishlar bilan qaytaradi — xuddi Avdeyevkani qaytargani kabi”.
17 fevral kuni Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Aleksandr Sirskiy Donetsk viloyatining Avdeyevka shahridan Ukraina qo‘shinlari olib chiqilishini e’lon qildi. U ukrain harbiylari “o‘z burchini munosib bajargani” va Rossiya armiyasi katta yo‘qotishlarga uchraganini aytdi.
“Harbiy xizmatchilarning hayoti birinchi o‘rinda turadi. Biz baribir Avdeyevkani qaytaramiz”, — degan Sirskiy. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Jeju Air samolyotining qora qutilari 4 daqiqa oldin yozib olishni toʻxtatgan ekan
"Nashi" asoschisi: Putinning muvaffaqiyatsizliklarida amaldorlar aybdor!
«Eng kuchli» pasportlar reytingi e'lon qilindi. Oʻzbekiston nechanchi oʻrinda?
Olimlar: internetdagi botlar iqlim inqirozini kuchaytirmoqda
AQShning 2024 yilda yuz bergan tabiiy ofatlardan koʻrgan zarari qanchaga etdi?
Jurnalistlar halok boʻlgan 88 ming rossiyalik harbiylarning ismini aniqladi
Norvegiyada ommaviy ravishda bombadan himoya qiluvchi boshpanalar qurish boshlanadi
Xitoyda yangi trend: oʻquvchilarni maktabga kurer olib bormoqda