Foto: SciTechDaily
Liverpul universiteti olimlari koronavirus inson miyasini 20 yilga qaritishini aniqladi. Bu haqda Medscape jurnali xabar berdi.
Pandemiyaning dastlabki yillaridan boshlab shifokorlar bemorlarning “miyasida tuman” kuzatilishini aniqlagan. Jumladan, kasallikdan davolangan odamlarda xotira, charchoq va diqqatni jamlash bilan bog‘liq muammolar kuzatilgan. Koronavirusdan tuzalganlarning 46 foizi shunday asoratlar bilan yuzlashgan.
Buni aniqlash uchun mutaxassislar COVID-19 dan tuzalgan 351 nafar bemor ishtirokida test o‘tkazgan. Ular qon namunasini topshirgan va miya tekshiruvidan o‘tgan. Natijada mutaxassislar miyaning diqqatni jamlash bilan bog‘liq sohalari qisqarganini aniqlagan. Biomarker testi travmatik miya shikastlanishiga mos keladigan o‘zgarishlarni ko‘rsatgan.
Olimlarning fikricha, bu miyaning 20 yilga qarishiga teng keladi. Infeksiyaning bunday ta’siri qaytarilishi mumkinmi yoki yo‘qligi haqida hozircha hech qanday ma’lumot yo‘q. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiy shimoliy koreyalik jangchilar asirga olinganini ma'lum qildi
Jeju Air samolyotining qora qutilari 4 daqiqa oldin yozib olishni toʻxtatgan ekan
"Nashi" asoschisi: Putinning muvaffaqiyatsizliklarida amaldorlar aybdor!
«Eng kuchli» pasportlar reytingi e'lon qilindi. Oʻzbekiston nechanchi oʻrinda?
Olimlar: internetdagi botlar iqlim inqirozini kuchaytirmoqda
AQShning 2024 yilda yuz bergan tabiiy ofatlardan koʻrgan zarari qanchaga etdi?
Jurnalistlar halok boʻlgan 88 ming rossiyalik harbiylarning ismini aniqladi
Norvegiyada ommaviy ravishda bombadan himoya qiluvchi boshpanalar qurish boshlanadi