Foto: Google Images
Finlyandiya o‘z hududida AQSH yadroviy arsenalini joylashtirish zaruriyatini ko‘rmayapti. Bu haqda Finlyandiya bosh vaziri Petteri Orpo Polshaning Rzeczpospolita gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Finlyandiya NATO doirasida o‘z vazifalarini bajarishga puxta hozirlik ko‘rmoqda va alyansga potensial tahdidlarni oddiy qurollar yordamida bartaraf etish uchun hozirdanoq tayyorgarlik ko‘rmoqda.
“AQSH yadroviy qurolini Finlyandiyada joylashtirishga ehtiyoj yo‘q, chunki NATOning o‘zi yadroviy tiyib turishni eplaydi. Yadro qurollari alyansning bir qancha mamlakatlarida joylashtirilgan va buning o‘zi kifoya”, — dedi u.
Dekabr oyida Finlyandiya hukumati AQSH bilan shartnoma imzolagan bo‘lib, unga ko‘ra Pentagon Finlyandiyaning jami 15 ta harbiy obyektiga kirish huquqiga ega bo‘lgandi. Amerikaliklar u yerda qo‘shin, qurol va texnikani joylashtirishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Jeju Air samolyotining qora qutilari 4 daqiqa oldin yozib olishni toʻxtatgan ekan
"Nashi" asoschisi: Putinning muvaffaqiyatsizliklarida amaldorlar aybdor!
«Eng kuchli» pasportlar reytingi e'lon qilindi. Oʻzbekiston nechanchi oʻrinda?
Olimlar: internetdagi botlar iqlim inqirozini kuchaytirmoqda
AQShning 2024 yilda yuz bergan tabiiy ofatlardan koʻrgan zarari qanchaga etdi?
Jurnalistlar halok boʻlgan 88 ming rossiyalik harbiylarning ismini aniqladi
Norvegiyada ommaviy ravishda bombadan himoya qiluvchi boshpanalar qurish boshlanadi
Xitoyda yangi trend: oʻquvchilarni maktabga kurer olib bormoqda