Foto: Economist
Kanada Rossiya hujumiga qarshi turish uchun Ukrainaga 800 dan ortiq SkyRanger R70 ko‘p maqsadli dronlarni topshiradi. Bu haqda Kanada mudofaa vaziri Bill Blerning ma’lumotlariga tayanib, CTV xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, umumiy qiymati taxminan 95 million dollar bo‘lgan dronlar uchun to‘lov Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo o‘tgan iyun oyida Kiyevga tashrifi chog‘ida taqdim etgan 500 million dollarlik paketdan to‘lanadi.
“Kanada Ukrainani qancha kerak bo‘lsa, shuncha qo‘llab-quvvatlaydi”, — qo‘shimcha qilgan Bler.
Kanadada ishlab chiqarilgan SkyRanger R70 dronlarida mo‘ljalni aniqlash va identifikatsiya qilish uchun turli xil kamera tizimlarining mavjudligi aytilmoqda. 2022 yil fevralidan beri Kanada Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun 9,7 milliard dollar sarfladi, jumladan, Kiyevga 2,4 milliard dollar xarbiy yordam ko‘rsatgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kurskda ikki nafar shimoliy koreyalik harbiy asirga olindi (foto)
Los-Anjelesdagi yongʻinlarning ehtimoliy sababchisi qoʻlga olindi
Qozogʻiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida harbiy qudrat boʻyicha etakchiga aylandi
Moʻgʻulistonda hukumatga qarshi norozilik namoyishlari boshlandi
Zelenskiy shimoliy koreyalik jangchilar asirga olinganini ma'lum qildi
Jeju Air samolyotining qora qutilari 4 daqiqa oldin yozib olishni toʻxtatgan ekan
"Nashi" asoschisi: Putinning muvaffaqiyatsizliklarida amaldorlar aybdor!
«Eng kuchli» pasportlar reytingi e'lon qilindi. Oʻzbekiston nechanchi oʻrinda?