Foto: Reuters
AQSH Milliy xavfsizlik kengashi matbuot kotibi Jon Kirbi Oq uy 23 fevral kuni Aleksey Navalniyning o‘limi va Ukrainadagi urushning ikki yilligi munosabati bilan Rossiyaga qarshi yirik sanksiyalar to‘plamini e’lon qilgan. Bu haqda Reuters xabar berdi.
“Rossiya qanday voqeani aytishga qaror qilsa ham, Navalniyning o‘limiga prezident Putin va uning hukumati mas’ul ekani aniq”, — dedi Kirbi. Uning qo‘shimcha qilishicha, Qo‘shma Shtatlar Rossiyadan siyosatchining o‘limi holati bo‘yicha to‘liq shaffoflikni talab qiladi.
Kirbiga ko‘ra, Rossiya Navalniy bilan bog‘liq voqea uchun va Ukrainadagi harakatlari uchun javobgar bo‘lishi kerak. Matbuot kotibining qo‘shimcha qilishicha, yangi sanksiyalar Navalniyning o‘limi bilan bog‘liq bir qancha aniq cheklovlarni ham o‘z ichiga oladi.
19 fevral kuni erining ishini davom ettirishini aytgan Yuliya Navalnaya Yevropa Ittifoqini Rossiyadagi prezidentlik saylovlari natijalarini tan olmaslikka va siyosatchining jasadini qarindoshlariga topshirmayotgan Rossiya rasmiylariga javobgarlikdan qochishga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qozogʻiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida harbiy qudrat boʻyicha etakchiga aylandi
Moʻgʻulistonda hukumatga qarshi norozilik namoyishlari boshlandi
Zelenskiy shimoliy koreyalik jangchilar asirga olinganini ma'lum qildi
Jeju Air samolyotining qora qutilari 4 daqiqa oldin yozib olishni toʻxtatgan ekan
"Nashi" asoschisi: Putinning muvaffaqiyatsizliklarida amaldorlar aybdor!
«Eng kuchli» pasportlar reytingi e'lon qilindi. Oʻzbekiston nechanchi oʻrinda?
Olimlar: internetdagi botlar iqlim inqirozini kuchaytirmoqda
AQShning 2024 yilda yuz bergan tabiiy ofatlardan koʻrgan zarari qanchaga etdi?