Foto: Reuters
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 21 fevral kuni bir qancha askarlarni Avdeyevka va Zaporoje hududlari uchun janglarda ko‘rsatgan jasorati uchun taqdirladi. Bu haqda rus nashrlariga tayanib, CNN xabar berdi.
Avvalroq Ukraina harbiylari Avdeyevka shahrini tark etgani ma’lum qilingan edi. Bu voqeadan so‘ng rus armiyasi shaharni osonlikcha qo‘lga kiritgan.
Xabarga ko‘ra, Rossiya rahbari Moskva tashqarisidagi Chkalovskiy aerodromiga havo-kosmik kuchlari askarlarini davlat mukofotlari bilan shaxsan taqdirlash uchun borgan. Aerodromda Rossiya rahbarini mudofaa vaziri Sergey Shoygu kutib olgan.
Marosimda askarlarga murojaat qilar ekan, Putin ularga “topshiriqlarni bajarishda yuksak mahorat ko‘rsatgani” uchun minnatdorlik bildirgan.
Avvalroq Rossiya Mudofaa vazirligi Rossiya armiyasi qo‘mondoni, armiya generali Valeriy Gerasimov Ukraina sharqidagi front chizig‘i atrofidagi harbiy qismga tashrif buyurganini ma’lum qilga edi. Gerasimov u yerda Avdeyevkaga hujumda qatnashgan bir qancha askarlarga mukofot topshirgani aytilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tramp Grenlandiyadan Rossiyaga qarshi qanday foydalanmoqchi ekani ma'lum boʻldi
Kurskda ikki nafar shimoliy koreyalik harbiy asirga olindi (foto)
Los-Anjelesdagi yongʻinlarning ehtimoliy sababchisi qoʻlga olindi
Qozogʻiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida harbiy qudrat boʻyicha etakchiga aylandi
Moʻgʻulistonda hukumatga qarshi norozilik namoyishlari boshlandi
Zelenskiy shimoliy koreyalik jangchilar asirga olinganini ma'lum qildi
Jeju Air samolyotining qora qutilari 4 daqiqa oldin yozib olishni toʻxtatgan ekan
"Nashi" asoschisi: Putinning muvaffaqiyatsizliklarida amaldorlar aybdor!