22:00 / 22.02.2024
651

Putin tovushdan tez uchadigan Tu-160M samolyotida parvoz qildi

Putin tovushdan tez uchadigan Tu-160M samolyotida parvoz qildi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin «Ilya Muromes» deb nomlangan Tu-160M strategik raketa tashuvchi samolyoti ekipaji tarkibida parvoz qildi. Parvoz 30 daqiqa davom etdi.

22 fevral kuni tushdan keyin Putin Qozon aviatsiya zavodining uchish-qo‘nish yo‘lagiga yetib bordi, prezident korteji samolyot yonida to‘xtadi. Putin maxsus uchish kostyumida samolyotga chiqdi. So‘ngra samolyot havoga ko‘tarildi.

Avvalroq, Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov parvoz 40 daqiqa davom etishi va uning yo‘nalishi oshkor etilmasligi, chunki bu «harbiy sir» ekanini aytgan edi.

Parvozdan keyin Putin Tu-160M samolyotini «Qurolli kuchlar tarkibiga qabul qilish mumkinligini» aytdi.

«Texnologiya ajoyib. U haqiqatan ham yangi avlod vakili. Kema komandiriga aytganimdek, endi Mudofaa vazirligi rahbariyatiga yana aytaman: albatta, uni Qurolli kuchlarga qabul qilish mumkin. <…> Bu haqiqatan ham yangi mashina, ko‘p jihatdan yangi. U yaxshiroq boshqariladi... Ishonchlilik, qurollanish darajasi juda yuqori. Bu yangi samolyot», dedi Putin.

Vladimir Putin 25 yil ichida uchinchi marta jangovar samolyotda parvoz qilmoqda. 2000 yilda Putin ikkinchi uchuvchi sifatida Su-27 qiruvchi samolyotini boshqargan edi. 2005 yilda Putin uzoq masofaga uchuvchi qanotli raketani sinovdan o‘tkazish vaqtida Tu-160 samolyotida uchdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo