20:04 / 23.02.2024
765

Braziliya Rossiyaning samolyotiga yonilg‘i quyishdan bosh tortdi

Braziliya Rossiyaning samolyotiga yonilg‘i quyishdan bosh tortdi
Foto: Getty Images
Rossiya tashqi ishlar vaziri G20 sammitidan so‘ng Braziliya prezidenti bilan uchrashish uchun Rio-de-Janeyroga uchishi kerak edi. Braziliyalik yonilg‘i operatori AQSH sanksiyalari ostida qolishdan qo‘rqib, Lavrov samolyotiga yonilg‘i quyishdan bosh tortdi. Bu haqda Aero Telegraph xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, Lavrov Lula da Silva bilan uchrashuvga Il-96 samolyotida uchishi kerak edi. Braziliya tomoni Lavrov samolyotiga yonilg‘i quyishdan bosh tortgach, Lavrovni Braziliya tashqi ishlar vaziri Mauro Vieyra samolyotida “sayohatdosh” sifatida uchishni taklif qilgan. Sergey Lavrov da Silva bilan suhbatdan so‘ng Rossiyaga tegishli samolyotni boshqa joyda yonilg‘i bilan to‘ldirishga kelishib oldilar.

Keyinroq Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova vazirning samolyoti parvozga tayyorligini aytdi. “Samolyotga yonilg‘i quyildi, Braziliya logistika bilan ta’minladi”, — qo‘shimcha qilgan u.

Lavrov jurnalistlarga Braziliyada G‘arbga tegishli bo‘lmagan samolyotlarga yonilg‘i quyadigan kompaniyalar deyarli yo‘qligini, Braziliya bu masalani hal qilish uchun harakat qilganini aytgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo