Foto: Google Images
Ukraina yangi qarshi hujumga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Ammo Rossiya kabi davlatga qarshi jangda mudofaa birinchi o‘rinda turadi. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Fox News telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Mudofaa — birinchi raqamli vazifa. Biz Qora dengizdagi muvaffaqiyatli harakatlarimizni davom ettiramiz. Tafsilotlarni ochiqlamayman, lekin Rossiya uchun kutilmagan hodisalar tayyorlayapmiz. Bu juda muhim. Janub muhim. Shuningdek, Rossiyaning 200 mingdan ortiq askari bo‘lgan sharqni ham himoya qilishimiz kerak. Albatta, biz yangi qarshi hujum, yangi operatsiyalarni tayyorlayapmiz”, — dedi prezident.
Agar Ukraina o‘z vaqtida qurol olganida, qarshi hujum muvaffaqiyatliroq bo‘larmidi, degan savolga izoh berar ekan, Zelenskiy bugungi kun haqida o‘ylash kerakligini aytdi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Ukrainaga Patriot havo mudofaa tizimlari, uzoq masofali raketalar va boshqa qurollar kerak. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tramp Grenlandiyadan Rossiyaga qarshi qanday foydalanmoqchi ekani ma'lum boʻldi
Kurskda ikki nafar shimoliy koreyalik harbiy asirga olindi (foto)
Los-Anjelesdagi yongʻinlarning ehtimoliy sababchisi qoʻlga olindi
Qozogʻiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida harbiy qudrat boʻyicha etakchiga aylandi
Moʻgʻulistonda hukumatga qarshi norozilik namoyishlari boshlandi
Zelenskiy shimoliy koreyalik jangchilar asirga olinganini ma'lum qildi
Jeju Air samolyotining qora qutilari 4 daqiqa oldin yozib olishni toʻxtatgan ekan
"Nashi" asoschisi: Putinning muvaffaqiyatsizliklarida amaldorlar aybdor!