Foto: Google Images
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Amerikaning Netflix striming platformasidagi “Burilish nuqtasi: Bomba va sovuq urush” hujjatli filmida suratga tushdi. To‘qqiz qismdan iborat serialning treyleri YouTube’da e’lon qilindi.
Serialni 12 martdan boshlab tomosha qilish mumkin bo‘ladi. Serial qahramonlari Sovuq urushning dastlabki to‘lqinlari, yadroviy bomba yaratilishi, SSSRning parchalanishi va Rossiya—Ukraina urushini muhokama qiladilar.
Serialda Ukraina prezidentidan tashqari, NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg, Markaziy razvedka boshqarmasi sobiq direktori Robert Geyts va sobiq davlat kotibi Kondoliza Rays ishtirok etadi. Film rejissyori Brayan Kippenbergerning fikricha, Rossiya—Ukraina mojarosi Sovuq urushning oqibatlaridan biri bo‘lgan.
Avvalroq Zelenskiy saylovlar o‘tkazilsa, g‘alaba qozonishiga ishonch bildirgan edi. Prezidentning fikricha, odamlar hali ham uni hokimiyatda ko‘rishni xohlaydi, biroq harbiy mojaro tufayli saylovlarni o‘tkazish hozircha imkonsizdir. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tramp Grenlandiyadan Rossiyaga qarshi qanday foydalanmoqchi ekani ma'lum boʻldi
Kurskda ikki nafar shimoliy koreyalik harbiy asirga olindi (foto)
Los-Anjelesdagi yongʻinlarning ehtimoliy sababchisi qoʻlga olindi
Qozogʻiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida harbiy qudrat boʻyicha etakchiga aylandi
Moʻgʻulistonda hukumatga qarshi norozilik namoyishlari boshlandi
Zelenskiy shimoliy koreyalik jangchilar asirga olinganini ma'lum qildi
Jeju Air samolyotining qora qutilari 4 daqiqa oldin yozib olishni toʻxtatgan ekan
"Nashi" asoschisi: Putinning muvaffaqiyatsizliklarida amaldorlar aybdor!