20:05 / 25.02.2024
337

Ukrainaning bosib olingan hududlarida Rossiya prezidentligiga muddatdan oldin ovoz berish boshlandi

Ukrainaning bosib olingan hududlarida Rossiya prezidentligiga muddatdan oldin ovoz berish boshlandi
Foto: Vladimir Nikolayev/AFP/Getty Images
Ukrainaning Rossiya tomonidan bosib olingan janubiy hududlarida Rossiya prezidenti saylovi uchun muddatidan oldin ovoz berish jarayonlari boshlandi. Bu haqda mahalliy rus nashrlariga asoslanib, CNN xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, saylovlarda birinchi bo‘lib front chizig‘iga yaqin aholi punktlari aholisi, jumladan, harbiylar ham ovoz berishadi. Rus hukumati saylovlar qizg‘in va Moskvaga xayrixoh ruhda o‘tishiga umid bildirmoqda.

Kelgusi oy bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan saylovda Rossiya rahbari Vladimir Putin beshinchi muddatga saylanishi kutilmoqda. Agar u yana prezidentlikka saylansa, 2030 yilgacha hokimiyatni saqlab qola oladi.

Rossiya avvalroq o‘zi bosib olgan hududlarda saylovlar o‘tkazgan. Bu saylovlar Ukrainaning egallangan hududlarida Rossiya qonuniyligini ta’minlashga qaratilgan sa’y-harakatlarning bir qismi sifatida ko‘rilgan edi. “TASS” nashrining xabar berishicha, janubiy okkupatsion zonadagi aholi Rossiya yoki Ukraina pasportini ko‘rsatish orqali saylovlarda ovoz berishlari mumkin bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo