15:08 / 26.02.2024
465

Jozep Borrel: Ukrainadagi urushning natijasi yaqin orada hal qilinishi mumkin

Jozep Borrel: Ukrainadagi urushning natijasi yaqin orada hal qilinishi mumkin
Foto: Nachrichtenagentur / IMAGO / Global Look Press
Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel fikricha, Ukrainadagi urush yaqin oylarda hal qilinishi mumkin. Biroq Ukraina YEI tomonidan ko‘proq yordamga muhtoj, dedi u 25 fevral, yakshanba kuni chop etilgan Ispaniyaning El País gazetasiga bergan intervyusida.

«Qarshilik qilish - g‘alaba qozonishdir», dedi Borrel. Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqining Kiyevga «fuqarolik, harbiy, iqtisodiy va gumanitar yordami» Qo‘shma Shtatlar yordamidan ko‘proq, ammo Yevropa Ittifoqi «Ukraina qarshilik ko‘rsatishini» istasa, «ko‘proq va tezroq yordam taqdim etishi» kerak.

Yevropa «uyg‘onishi» shart

Yevropa xavfli dunyoda yashayotganini anglab yetdi, dedi Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari. Endi u «uyg‘onishi», mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishi, mudofaa qobiliyatini oshirishi va «har qanday vaziyatga» tayyor bo‘lishi kerak.

Jozep Borrelning qo‘shimcha qilishicha, Yevropa davlatlari Ukrainadagi urushda ishtirok etmayapti va bu ular uchun nimani anglatishini «to‘liq tushunmayapti». «Rossiya - Navalniy kabi muxolifatchilarni yoki Yevropa tuprog‘ida qochqinlarni yo‘q qilishga qodir rejim. Biz uning Yevropa ostonasida paydo bo‘lishini va jahon g‘alla bozorining 36 foizini nazorat qilishini istaymizmi?» - dedi Yevropa diplomatiyasi rahbari.

Diplomatning ta’kidlashicha, uni yevropaliklar agar Donald Tramp AQSH prezidentligi saylovlarida g‘alaba qozonsa, Amerika qit’adagi harbiy soyabonini yopishi mumkinligidan qo‘rqayotgani tashvishga solmoqda. «Biz yosh dunyoda qariyotgan qit’amiz, shuning uchun qo‘rquv va noaniqlik aralashmasi bor», dedi Borrel.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo