Hindiston temiryo‘llari «qochqin poyezd» bilan bog‘liq hodisani tekshirishni boshladi. Qayd etilishicha, boshqaruvsiz qolgan poyezd 70 km masofani bosib o‘tgan. Bu haqda The Guardian xabar berdi.
25 fevral kuni shag‘al ortilgan 50 ta vagonli yuk poyezdi Jammu va Kashmirdan Panjobga jo‘nab ketgan. Poyezd ekipajni almashtirish uchun Jammudagi stansiyada to‘xtagan. Mashinist va uning yordamchisi poyezdan tushgach, u qiyalikdan pastga qarab harakatlanishni boshlagan.
Poyezd taxminan 100 km/soat tezlikka erishgan. Baxtsiz hodisalarning oldini olish uchun uning yo‘nalishi bo‘ylab barcha temiryo‘l kesishmalari yopilgan. Poyezd faqat relslarga o‘rnatilgan yog‘och bloklar tufayli to‘xtatilgan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.
Hindiston temiryo‘llari har kuni millionlab yo‘lovchilarni tashiydi. Ularni modernizatsiya qilish, zamonaviy stansiyalar qurish, elektron signalizatsiya tizimlarini o‘rnatish uchun katta mablag‘ yo‘naltiriladi. Biroq, turli hodisalar muntazam ravishda sodir bo‘ladi. 2023 yil yozida uchta poyezd to‘qnashishi oqibatida kamida 275 kishi halok bo‘lgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tramp Grenlandiyadan Rossiyaga qarshi qanday foydalanmoqchi ekani ma'lum boʻldi
Kurskda ikki nafar shimoliy koreyalik harbiy asirga olindi (foto)
Los-Anjelesdagi yongʻinlarning ehtimoliy sababchisi qoʻlga olindi
Qozogʻiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida harbiy qudrat boʻyicha etakchiga aylandi
Moʻgʻulistonda hukumatga qarshi norozilik namoyishlari boshlandi
Zelenskiy shimoliy koreyalik jangchilar asirga olinganini ma'lum qildi
Jeju Air samolyotining qora qutilari 4 daqiqa oldin yozib olishni toʻxtatgan ekan
"Nashi" asoschisi: Putinning muvaffaqiyatsizliklarida amaldorlar aybdor!