Foto: AP News
NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg alyans Ukrainaga o‘z qo‘shinlarini yuborishni rejalashtirmayotganini aytdi. Bu haqda u Associated Press agentligiga ma’lum qildi.
Stoltenbergning bayonoti Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning ba’zi G‘arb davlatlari Ukrainaga quruqlikdagi qo‘shinlarini yuborish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani haqidagi so‘zlari fonida e’lon qilindi. NATO bosh kotibi alyans Ukrainaga ko‘p yillar davomida misli ko‘rilmagan yordam ko‘rsatayotganini aytdi.
“Biz buni 2014 yildan beri qilyapmiz va keng ko‘lamli bosqindan keyin harakatlarimizni faollashtirdik. Ammo NATOning jangovar qo‘shinlarini Ukrainaga joylashtirish rejasi yo‘q”, — dedi u.
Parijda 26 fevral kuni Yevropa rasmiylari ishtirokida Ukrainani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Ukrainaga qo‘shinlar yuborish ehtimolini inkor etmadi. Bu ma’lumotni Slovakiya bosh vaziri Robert Fiko ham qo‘llab-quvvatladi.
“NATO va Yevropa Ittifoqiga a’zo qator davlatlar o‘z qo‘shinlarini ikki tomonlama asosda Ukrainaga yuborish imkoniyatini ko‘rib chiqayotganini aytish bilan cheklanaman. Ular Ukrainada nima maqsadda va nima qilishi kerakligini ayta olmayman”, — dedi Robert Fiko.
O‘z navbatida, Yevropaning boshqa davlatlari — Polsha, Chexiya, Shvetsiya Ukrainaga o‘z qo‘shinlarini yuborishni rejalashtirmaganini bildirib, bu fikrni qo‘llab-quvvatlamadi.
Kreml munosabati
Kreml bu holatda “biz Rossiya va NATO o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘qnashuv ehtimoli haqida emas, balki muqarrarligi haqida gapirishimiz kerak” deya munosabat bildirdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Toyota kompaniyasi Fuji togʻi etaklarida «aqlli shahar» qurilishini yakunladi
Tramp Grenlandiyadan Rossiyaga qarshi qanday foydalanmoqchi ekani ma'lum boʻldi
Kurskda ikki nafar shimoliy koreyalik harbiy asirga olindi (foto)
Los-Anjelesdagi yongʻinlarning ehtimoliy sababchisi qoʻlga olindi
Qozogʻiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida harbiy qudrat boʻyicha etakchiga aylandi
Moʻgʻulistonda hukumatga qarshi norozilik namoyishlari boshlandi
Zelenskiy shimoliy koreyalik jangchilar asirga olinganini ma'lum qildi
Jeju Air samolyotining qora qutilari 4 daqiqa oldin yozib olishni toʻxtatgan ekan