
Foto: Telegram
Moskvada novosibirsklik advokat Vasiliy Dubkov hibsga olindi. Bu haqda manbalarga tayanib, “Novaya gazeta Yevropa” xabar berdi.
Jurnalistlarning yozishicha, advokat jamoat tartibini buzganlikda ayblanmoqda. Hozircha bu ma’lumotning rasmiy tasdig‘i yo‘q. Dubkov rossiyalik muxolifatchi, marhum Aleksey Navalniyni himoya qilgan. U Salexardda o‘tgan hafta Lyudmila Navalnaya o‘g‘lining jasadini unga qaytarib berishni talab qilganida unga hamrohlik qilgan.
Aleksey Navalniy o‘limi
Rossiyalik siyosatchi, Putinning ashaddiy tanqidchisi Aleksey Navalniy 16 fevral kuni koloniyada vafot etdi. Rossiya qamoqxona xizmatiga ko‘ra, u “sayrdan keyin o‘zini yomon his qilgan va hushini yo‘qotgan”. O‘limga dastlab tromb yorilgani sabab bo‘lgani aytilgan.
Rasmiylar to‘qqiz kun davomida siyosatchining jasadini onasiga berishdan bosh tortgan. Lyudmila Navalnaya o‘g‘lini yashirincha va ommaviy vidolashuvsiz dafn etishni talab qilishganini aytgan. U bu talablarni bajarishdan bosh tortgan. Navalniy Moskva qabristonlaridan biriga dafn etilishi kutilmoqda, biroq dafn marosimi sanasi va joyi hozircha ma’lum qilinmagan.
Vasiliy DubkovAdvokat Hibsga OlindiAleksey NavalniyRossiyalik SiyosatchiJamoat TartibiO‘lim Sabablari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar