Foto: vspmr.org
Dnestrbo‘yi hukumati deputatlar qurultoyi chog‘ida Rossiyaga murojaat etib, maxsus deklaratsiyani qabul qildi. Unda Moldova tomonidan mintaqani «iqtisodiy blokada» qilinayotgani ta’kidlangan va Rossiyadan «mamlakatni himoya qilish» so‘ralgan.
Dnestrbo‘yi aslida Moldova tarkibiga kiradi, ammo 1990 yilda mustaqillikni e’lon qilgan. Biroq, uning mustaqilligi tan olinmagan.
Shuningdek, qurultoyda BMT Bosh kotibi, MDH Parlamentlararo Assambleyasi, Yevropa parlamenti va Xalqaro Qizil Xochga ham murojaat qabul qilingan. Deputatlar «Dnestrning chap qirg‘og‘i barcha aholisining ijtimoiy va gumanitar huquqlari, manfaatlari va erkinliklarini ta’minlash va mojaroning kuchayishiga yo‘l qo‘ymaslik»ni talab qilmoqda va «5+2» formatida muzokara olib borishga chaqirmoqda.
Dnestrbo‘yi prezidenti Vadim Krasnoselskiy Moldovani «genotsid siyosati»ni qo‘llashda ayblagan.
Dnestrbo‘yi muxolifatchi siyosatchisi Gennadiy Chorba 20 fevral kuni qurultoyda deputatlar Rossiyaga qo‘shilish to‘g‘risida bayonot qabul qilmoqchi ekanini yozgan edi. Uning fikricha, qurultoyni o‘tkazish uchun Moskvadan jamoa jo‘natilgan va Rossiya Federal Majlisi bu arizani tezkor qabul qilishi kerak.
Ukraina harbiy razvedkasi (UHR) Chorba aytgan ma’lumotlar «hali tasdiqlanmagan»ini ma’lum qildi. Urushni o‘rganish instituti (ISW) mintaqada Rossiya qo‘shinlarining Moldovaga qarshi ehtimoliy harbiy operatsiyaga tayyorlanayotgani alomatlarini topmadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Panama prezidenti Tramp ustidan BMTga arz qilishini aytdi
Germaniyada zaxiradagi harbiylardan iborat maxsus boʻlinma tashkil etiladi
Toyota kompaniyasi Fuji togʻi etaklarida «aqlli shahar» qurilishini yakunladi
Tramp Grenlandiyadan Rossiyaga qarshi qanday foydalanmoqchi ekani ma'lum boʻldi
Kurskda ikki nafar shimoliy koreyalik harbiy asirga olindi (foto)
Los-Anjelesdagi yongʻinlarning ehtimoliy sababchisi qoʻlga olindi
Qozogʻiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida harbiy qudrat boʻyicha etakchiga aylandi
Moʻgʻulistonda hukumatga qarshi norozilik namoyishlari boshlandi