Foto: Ukraina prezidenti matbuot xizmati
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakatga Yevropa qo‘shinlarini yuborish ehtimoliga munosabat bildirdi. Bu haqda “Ukrainskaya pravda” xabar berdi.
Zelenskiy Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning Kiyevga navbatdagi tashrifi chog‘ida u bilan Ukrainaga qo‘shin yuborish tashabbusini muhokama qilmoqchi. Siyosatchi Rossiya bilan urushda Ukrainaning mudofaa qobiliyatini oshiradigan har qanday tashabbus yaxshi bo‘lishini ta’kidladi.
“Men o‘sha sammitda (26 fevral kuni Parijda bo‘lib o‘tgan Ukrainaga yordam bo‘yicha xalqaro konferensiya) qatnashmaganman. U (Makron) Ukrainaga kelganida mamlakatni mustahkamlash bo‘yicha ma’lum yangi g‘oyalar haqida gaplashishini va ma’lumot almashishini aytdi. Bu mart oyining o‘rtalarida bo‘lishi kerak.
Dunyodagi har qanday tashabbus Ukrainani mustahkamlasa, bu butun dunyo uchun foydalidir. Tushunish kerak bo‘lgan eng muhim narsa shuki, biz turli tashabbuslarni ilgari surganimizda, ularning barchasi ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi qadamga o‘xshaydi. Birinchi qadam esa himoya qilish va kuchli bo‘lib qolishdir”, — deya qo‘shimcha qildi Ukraina prezidenti.
Parijda 26 fevral kuni Yevropa rasmiylari ishtirokida Ukrainani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Ukrainaga qo‘shinlar yuborish ehtimolini inkor etmadi. Bu ma’lumotni Slovakiya bosh vaziri Robert Fiko ham qo‘llab-quvvatladi.
Kreml bu holatda “biz Rossiya va NATO o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘qnashuv ehtimoli haqida emas, balki muqarrarligi haqida gapirishimiz kerak” deya munosabat bildirdi. NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg alyans Ukrainaga o‘z qo‘shinlarini yuborishni rejalashtirmayotganini aytdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Panama prezidenti Tramp ustidan BMTga arz qilishini aytdi
Germaniyada zaxiradagi harbiylardan iborat maxsus boʻlinma tashkil etiladi
Toyota kompaniyasi Fuji togʻi etaklarida «aqlli shahar» qurilishini yakunladi
Tramp Grenlandiyadan Rossiyaga qarshi qanday foydalanmoqchi ekani ma'lum boʻldi
Kurskda ikki nafar shimoliy koreyalik harbiy asirga olindi (foto)
Los-Anjelesdagi yongʻinlarning ehtimoliy sababchisi qoʻlga olindi
Qozogʻiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida harbiy qudrat boʻyicha etakchiga aylandi
Moʻgʻulistonda hukumatga qarshi norozilik namoyishlari boshlandi