Amerikalik tadbirkor Ilon Mask X ijtimoiy tarmog‘ida AQSH migratsiya muammolaridan kelib chiqib, butun dunyodan eng xavfli jinoyatchilar boshpanasiga aylanganini aytdi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Mask avvalroq ham Bayden ma’muriyatini “noqonuniy migratsiyani faol targ‘ib qilayotgani” uchun tanqid qilgan edi. Tadbirkorning so‘zlariga ko‘ra, AQSH prezidenti Jo Bayden ma’muriyati chegaralarni himoya qilish o‘rniga "qizil poyandoz to‘shamoqda".
Shu bilan birga, Mask qonuniy immigratsiyaning o‘sishini qo‘llab-quvvatlaydi va bunga qarshi emas, balki "ko‘p sonli tasdiqlanmagan odamlar Amerikani suv bosayotganiga qarshi".
“Shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni (istalgan davlatdan) uloqtirib yuborish, janubiy chegarani (AQSH – tahr.) kesib o‘tish va “boshpana” so‘rash imkoniyati Amerikani dunyodagi eng xavfli jinoyatchilar boshpanasiga aylantirdi!”, —deb yozadi Mask.
So‘nggi oylarda AQSHda noqonuniy migratsiyaning rekord darajasi kuzatildi, chegara rasmiylari o‘tgan dekabr oyida 302,000 noqonuniy chegarani kesib o‘tishni qayd etdi, bu bir oy ichida eng katta raqam. Bundan tashqari, AQSHni Bayden boshqargan uch yil davomida noqonuniy muhojirlarning rekord soni qayd etilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tramp Grenlandiyadan Rossiyaga qarshi qanday foydalanmoqchi ekani ma'lum boʻldi
Kurskda ikki nafar shimoliy koreyalik harbiy asirga olindi (foto)
Los-Anjelesdagi yongʻinlarning ehtimoliy sababchisi qoʻlga olindi
Qozogʻiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida harbiy qudrat boʻyicha etakchiga aylandi
Moʻgʻulistonda hukumatga qarshi norozilik namoyishlari boshlandi
Zelenskiy shimoliy koreyalik jangchilar asirga olinganini ma'lum qildi
Jeju Air samolyotining qora qutilari 4 daqiqa oldin yozib olishni toʻxtatgan ekan
"Nashi" asoschisi: Putinning muvaffaqiyatsizliklarida amaldorlar aybdor!