Foto: Ukraina prezidenti ofisi
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy o‘zi taklif qilgan «tinchlik formulasi»ni amalga oshirishda Janubi-Sharqiy Yevropa davlatlaridan yordam so‘radi. 28 fevral, chorshanba kuni Tiranada bo‘lib o‘tgan Bolqon davlatlari sammiti ishtirokchilari qo‘shma deklaratsiyasida «Rossiyaning Ukrainaga qarshi asossiz hujumi Yevropa xavfsizligi va xalqaro tinchlikka eng katta tahdid bo‘lib qolmoqda», deyiladi.
Bayonot mualliflari kelayotgan bahorda Shveysariyada bo‘lib o‘tadigan tinchlik sammitida ishtirok etishga va’da berdi, unda Zelenskiy taklif qilgan, Rossiya qo‘shinlarini Ukrainaning barcha hududidan to‘liq olib chiqib ketishni nazarda tutuvchi «tinchlik formulasi» amalga oshirilishi muhokama etiladi, shuningdek, tovon to‘lash va jinoyatchilarni sud qilish masalasi ko‘rib chiqiladi. Bundan tashqari, deklaratsiyani imzolagan janubiy Yevropa davlatlari rahbarlari Rossiya Federatsiyasining mart oyida, jumladan, Ukraina egallab olingan hududlarida prezidentlik saylovlarini o‘tkazish rejalarini qoraladi.
Imzolovchilar orasida Serbiya prezidenti ham bor
Boshqalar qatorida bu bayonotni Rossiya prezidentining Yevropadagi kam sonli ittifoqchilaridan biri hisoblangan Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich ham qo‘llab-quvvatladi. Bundan tashqari, hujjatni Kosovo, Moldova va Shimoliy Makedoniya prezidentlari, shuningdek, Albaniya, Bosniya va Hersegovina, Bolgariya, Xorvatiya va Ruminiya bosh vazirlari imzoladi.
O‘z navbatida, Zelenskiy Bolqon mamlakatlari rahbarlariga so‘nggi ikki yil davomida ko‘rsatgan harbiy yordam uchun minnatdorchilik bildirdi, shu bilan birga, yuzaga kelgan qiyinchiliklarga to‘xtalib o‘tdi. «Biz o‘q-dorilar yetkazib berishda jang maydonidagi vaziyatga ta’sir etuvchi muammolarni ko‘ryapmiz», - dedi u. Zelenskiy so‘zlariga ko‘ra, Kiyev Ukraina-Bolqon mudofaa sanoati forumini o‘tkazishdan manfaatdor.
Ukraina va Albaniya mudofaa sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtiradi
Ayni vaqtda, Ukraina prezidenti Albaniya bosh vaziri Edi Rama bilan uchrashuvdan so‘ng Kiyev va Tirana mudofaa sohasida, xususan, qurol-yarog‘larni birgalikda ishlab chiqarish bo‘yicha keyingi hamkorlik imkoniyatlarini o‘rganishini ma’lum qildi. «To‘liq miqyosli hujum dastlabki kunlaridanoq Albaniya Ukrainani, erkinlik va hududiy yaxlitligimiz uchun kurashimizni qo‘llab-quvvatladi. Mamlakat bosh vaziri Edi Rama bilan uchrashuvda Ukraina va Albaniya o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi. Ushbu hujjat hamkorligimizni rivojlantirishga va Ukrainaning Bolqon mintaqasidagi mavqeyini mustahkamlashga hissa qo‘shadi», dedi Zelenskiy Telegram'da.
NATOga a’zo Albaniya Rossiyaning keng ko‘lamli hujumi boshlanganidan beri Ukrainani qattiq qo‘llab-quvvatlayapti, ammo haligacha Kiyevga harbiy yordam bo‘yicha ma’lumotlarni oshkor qilmayapti. O‘tgan haftalarda Volodimir Zelenskiy G‘arbdan qurol-yarog‘ yetkazib berish qisqarishidan xavotirlanib, bir qator xorijiy davlatlarga harbiy yordam so‘rab murojaat qildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tramp Grenlandiyadan Rossiyaga qarshi qanday foydalanmoqchi ekani ma'lum boʻldi
Kurskda ikki nafar shimoliy koreyalik harbiy asirga olindi (foto)
Los-Anjelesdagi yongʻinlarning ehtimoliy sababchisi qoʻlga olindi
Qozogʻiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida harbiy qudrat boʻyicha etakchiga aylandi
Moʻgʻulistonda hukumatga qarshi norozilik namoyishlari boshlandi
Zelenskiy shimoliy koreyalik jangchilar asirga olinganini ma'lum qildi
Jeju Air samolyotining qora qutilari 4 daqiqa oldin yozib olishni toʻxtatgan ekan
"Nashi" asoschisi: Putinning muvaffaqiyatsizliklarida amaldorlar aybdor!