20:00 / 29.02.2024
364

Putin MDHda rus tilini targ‘ib qilishni kuchaytirishni buyurdi

Putin MDHda rus tilini targ‘ib qilishni kuchaytirishni buyurdi
Foto: Sputnik
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 29 fevral kuni Federal Majlisga qilgan murojaatida xorijda rus tilini targ‘ib qilishni kuchaytirishni buyurdi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

Putin hukumatga rus tili va Rossiya madaniyatini targ‘ib qilish sohasidagi dasturlarni moliyalashtirishni ko‘paytirish bo‘yicha topshiriq berdi.

Hukumatdan rus tili va ko‘pmillatli madaniyatimizni targ‘ib qilish sohasidagi xalqaro dasturlarni moliyalashtirishni ko‘paytirishni so‘rayman. Birinchi navbatda, albatta, MDHda va butun dunyoda”, — dedi u.

Shuningdek, u rusofobiya haqida ham gapirib, bu boshqa irqchilik, milliy ustunlik kabi kishini “ko‘r va aqldan mahrum qilishi”ni aytdi.

Rossiya ommaviy axborot vositalariga ko‘ra, MDH mamlakatlari rahbarlari 2023 yilda tilga ko‘ra kamsitishlarga yo‘l qo‘yilmasligini ta’kidlab, rus tilini targ‘ib qilishga va’da bergan. Qo‘shma bayonotda, shuningdek, internetning rus tilidagi segmentiga kirishni osonlashtirish qayd etilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo