13:25 / 02.03.2024
240

G‘arb davlatlari Ukrainaga askar jo‘natmaslikka kelishib oldi

G‘arb davlatlari Ukrainaga askar jo‘natmaslikka kelishib oldi
Foto: The New York Times
G‘arb davlatlari o‘z harbiylarini Ukrainaga yubormaslikka kelishib oldi. Kanada mudofaa vaziri Bill Bler 26 fevral kuni Parijda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda NATO ittifoqchilari ushbu yakuniy xulosaga kelganini ma’lum qildi. Bu haqda “TASS” nashri xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, Parij yig‘ilishida Kiyevning ittifoqchilari Ukraina harbiy xizmatchilarini mamlakatning o‘z hududida G‘arb askarlari tomonidan o‘qitish imkoniyatini muhokama qilgan. Ushbu tashabbus Ukraina uchun moddiy va vaqt jihatdan yo‘qotishlarni kamaytirishi aytilgan.

Kanada vakili bergan xabar shuni tasdiqlaydiki, G‘arb davlatlari ,xususan, Kanada ham o‘z harbiylarini sharqiy Ukrainada davom etayotgan “urush teatri”ga yaqinlashtirishni xohlamaydi. Ittifoqchilar askari to‘g‘ridan to‘g‘ri Ukrainaga kirsa, Rossiya va NATO o‘rtasida ehtiyotkorlik to‘sig‘i yo‘qolishi mumkin.

Ma’lumot o‘rnida, 26 fevral kuni Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Parijda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda 20 ga yaqin G‘arb davlatlari vakillari Rossiya bilan ziddiyatda Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish uchun Ukrainaga qo‘shinlar yuborish imkoniyatini muhokama qilganini bildirgan edi. Makronga ko‘ra, ishtirokchilar bu masala bo‘yicha konsensusga erisha olishmagan. Ammo kelajakda bunday ssenariyni ham istisno qilib bo‘lmaydi.

Konferensiyadan so‘ng ishtirokchi davlatlarning aksariyat vakillari Ukrainaga qo‘shin jo‘natishni rejalashtirmaganliklarini ma’lum qilgan. Yevropa davlatlari Rossiyaga qarshi harbiy harakatlarga aralashish niyatida emasligi ma’lum qilingan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » G‘arb davlatlari Ukrainaga askar jo‘natmaslikka kelishib oldi