
Foto: AP
Rossiya harbiy kuchlari Zaporoje viloyatining Marfopol aholi punkti yaqinidagi bir qancha Ukraina istehkomlarini nazorat ostiga oldi. Bu haqda “TASS” nashri xabar berdi.
"Marfopol yaqinidagi vaziyat yaxshilandi. Harbiy kuchlarimiz Ukraina armiyasining bir nechta mustahkam nuqtalarini nazorat ostiga oldi", — deya xabar bergan “Biz Rossiya bilan birgamiz” milliy harakati rahbari Vladimir Rogov harbiy idoralar ma’lumotlariga asoslanib.
Rossiya Mudofaa vazirligi avvalroq rus kuchlari Donetsk janubidagi front chizig‘idagi pozitsiyalarini mustahkamlagani va dushman xavfi bartaraf etilganini ma’lum qilgan edi. Vazirlik matbuot xizmati, shuningdek, so‘nggi janglarda 410 nafar Ukraina askari halok bo‘lganini ham xabar bergan.
Rossiya Harbiy KuchlariUkraina IstihkomlariZaporojeda VaqealarMarfopol Aholi PunktiDonetsk Front Chizig‘iHarbiy Vaziyatlar O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar