Tailand janubidagi mehmonxonada portlash yuz berdi


Tailand janubida joylashgan Pattani shahridagi mehmonxonada portlash yuz berdi. Bu haqda "Kun" nashri xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, portlash oqibatida kamida 1 kishi halok bo‘lib, 30 kishi jarohatlangan. Ularning 18 nafari og‘ir ahvolda.
Xabarda aytilishicha, bu hudud sayyohlar ko‘p tashrif buyuradigan joy bo‘lgan.
Portlashdan keyin hududda yong‘in boshlangan. Aniqlik kiritilishicha, avtomobilga o‘rnatilgan portlovchi qurilma ishga tushirilgan.


Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…