Ilon Mask NATOni tarqatib yuborish zarurligi haqidagi g‘oyani qo‘llab-quvvatladi

Ilon Mask NATOni tarqatib yuborish zarurligi haqidagi g‘oyani qo‘llab-quvvatladi
Foto: Google Images
Amerikalik tadbirkor va milliarder Ilon Mask NATOni tarqatib yuborish zarurati haqidagi g‘oyani qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda u X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozgan.

Men har doim NATO nega uning ashaddiy dushmani va uning yaratilishiga sabab bo‘lgan Varshava shartnomasi tarqatib yuborilganiga qaramay, mavjud bo‘lib qolayotganiga hayron bo‘lganman”, — dedi Mask milliarder Devid Saksning fikriga izoh berar ekan.

1991 yilda Sovet Ittifoqi qulab tushdi va NATO ekzistensial inqirozga duch keldi: uning yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan davlat endi yo‘q edi. Ammo tashkilotni tarqatib yuborish o‘rniga uning yangi missiyasi paydo bo‘ldi — NATOni kengaytirish. Bu qarorni asoslash uchun NATO tashqaridan dushmanlarni o‘ylab topishda davom etadi” , — degandi Saks.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar