
Krishtianu Ronalduning sevgilisi Jorjina Rodriges “An-nasr” hujumchisi kelajagiga oid xabarni oshkor qildi. Jorjina 39 yoshli hujumchi faoliyatini qachon yakunlashi haqidagi savolga quyidagicha javob qaytardi.
- Krishtianu balki yana bir yil o‘ynar. Shundan keyin hammasi tamom bo‘ladi. Juda bo‘lmasa, ikki yil o‘ynashi mumkin. Hozir aniq aytolmayman, - dedi Jorjina Rodriges.
Krishtianu Ronaldu 2023 yilning yanvaridan beri “An-Nasr” sharafini himoya qilmoqda. Bu jamoa safida portugaliyalik yulduz jami 48 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 42 ta to‘p kiritdi va jamoadoshlariga 3 ta golli pas uzatdi.
Ronalduning saudiyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yarmigacha tuzilgan.
Jorjina RodrigesKrishtianu RonalduAn-NasrFutbol FaoliyatiKelajak RejasiYulduz Uchrashuvlari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar