Foto:AP Photo
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 3 mart kuni kechki nutqida Ukraina va Polsha chegarasidagi vaziyat axloq doirasidan chiqib ketganini aytib, polshalik namoyishchilarni aybladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
"Nihoyat, Polsha chegarasidagi uzoq vaqtdan beri ham iqtisod, ham axloq chegarasidan chiqib ketgan vaziyatga yechim topishimiz kerak", — dedi Ukraina rahbari.
Zelenskiy, shuningdek, Polshadagi ichki siyosiy kurashda ikki davlat o‘rtasidagi ziddiyatdan foydalanishni qoralagan. Polsha dehqonlari Ukraina bilan chegaradagi yo‘llar va nazorat-o‘tkazish punktlariga kirish yo‘llarini to‘sib, shuningdek, yuk va temiryo‘l vagonlaridan g‘alla to‘kib, butun mamlakat bo‘ylab norozilik namoyishi o‘tkazmoqda.
Ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar Ukraina g‘allasiga qo‘yilgan embargo tufayli sezilarli darajada murakkablashgan. 2023 yil 15 sentyabrda Yevrokomissiya Ukrainaning to‘rt turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini YEIning bir necha chegaradosh mamlakatlariga olib kirishga cheklovlarni uzaytirmaslikka qaror qilgan, biroq Kiyevni eksport nazorati choralarini joriy etishga majbur qilgan.
Shundan so‘ng Slovakiya, Vengriya va Polsha hukumatlari taqiqni bir tomonlama uzaytirishlarini e’lon qilgan. Bu masala ustidan Ukrainaning JSTga shikoyatiga javoban YEIning uchta davlati Ukraina bug‘doyi bo‘yicha muvofiqlashtirish platformasi yig‘ilishiga boykot e’lon qilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Los-Anjelesda kvartallar, mashhurlar va millionerlarning uylari yonib ketdi (foto)
Panama prezidenti Tramp ustidan BMTga arz qilishini aytdi
Germaniyada zaxiradagi harbiylardan iborat maxsus boʻlinma tashkil etiladi
Toyota kompaniyasi Fuji togʻi etaklarida «aqlli shahar» qurilishini yakunladi
Tramp Grenlandiyadan Rossiyaga qarshi qanday foydalanmoqchi ekani ma'lum boʻldi
Kurskda ikki nafar shimoliy koreyalik harbiy asirga olindi (foto)
Los-Anjelesdagi yongʻinlarning ehtimoliy sababchisi qoʻlga olindi
Qozogʻiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida harbiy qudrat boʻyicha etakchiga aylandi