14:48 / 04.03.2024
274

Aprel oyida noyob astronomik hodisa kuzatiladi

Aprel oyida noyob astronomik hodisa kuzatiladi
Foto: Quyosh tutilishi tez-tez sodir bo‘ladi, lekin fonda kometa bo‘lsa, bu juda noyob hodisadir / ua.depositphotos.com
Aprel oyida Quyoshning to‘liq tutilishi paytida uning “yaqinidan” kometa uchib o‘tadi. Bu haqda Live Science xabar berdi.

“Iblis kometasi” deb nomlanuvchi 12P/Pons-Bruks kometasi diametri taxminan 17 kilometrga teng va Quyosh atrofida har 71 yilda bir marta yuqori elliptik orbitada aylanadi. Quyoshga yaqinlashganda, uning muzli qobig‘i barqarorligini yo‘qotadi va kometa muz hamda gaz aralashmasi (kriomagma)ni kosmosga chiqaradi.

Dastlabki kuzatishlar davomida kriomagma otilishi shoxlarga o‘xshagani sababli astronomlar unga “Iblis kometasi” nomini bergan. 12P kometasi 24 aprel kuni Quyoshga maksimal darajada yaqinlashishi kutilmoqda, shundan so‘ng u teskari yo‘nalishda harakatlana boshlaydi.

8 aprel kuni to‘liq quyosh tutilishi vaqtida kometa hatto havaskor teleskoplar va kuchli obyektivga ega kameralarda ham ko‘rinadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo