date
views 783

Putin Rossiyaning do‘st va dushmanlari haqida gapirdi

Putin Rossiyaning do‘st va dushmanlari haqida gapirdi
Uning aytishicha, Rossiyaning dushmanlaridan ko‘ra do‘stlari ko‘p, lekin ikkalasi ham birdek sharafdir. Bu haqda Vladimir Putin Moskva meri Sergey Sobyanin bilan uchrashuvda aytib o‘tdi, deya xabar berdi Kreml matbuot xizmati.

«Bir mashhur ibora bor: bizning do‘stimiz va dushmanimiz bo‘lishi – birdek sharafdir», dedi Putin uchrashuv chog‘ida.

Shahar meri davlat rahbariga Moskvadagi vaziyat bo‘yicha hisobot taqdim etishdan oldin ularga salomatlik tilagan.

Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat parlamenti yuqori palatasi – Federal majlisga yo‘llagan murojaatida tashqi siyosatga doir masalalar haqida gapiraturib, yadro quroli shay holatda ekaniga ham sha’ma qilgan edi.

Buyuk Britaniyaning «The Telegraph» gazetasi Rossiya rahbarining ushbu bayonotini «tahdidli ogohlantirish» deb atadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin Rossiyaning do‘st va dushmanlari haqida gapirdi