Kelajakda AQSH federal budjeti qarzlar bo‘yicha foizlarni to‘lashdan boshqa hech narsa uchun yetarli bo‘lmaydi. Bu haqda amerikalik tadbirkor Ilon Mask X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
U mashhur Shibetoshi Nakamoto ijtimoiy sahifasining xabariga shunday izoh berib, davlat qarzi bilan bog‘liq muammolarga qaramay, AQSH hukumati Ilon Maskni hamon asosiy muammo deb bilishini kinoya qildi.
"Shubhasiz, bu mening aybim", — deb hazillashdi Mask. "Ammo, jin ursin, biz bu haqda nimadir qilsak yaxshi bo‘lardi, aks holda butun federal budjet foizlarni to‘lashga ketadi va boshqa hech narsa qolmaydi!" — deb ogohlantirdi.
Nashr AQSH davlat qarzi har yuz kunda bir trillion dollarga oshib borayotgan CNBC materialiga havolani taqdim etdi.
Avvalroq AQSH Kongressining Budjet byurosi 2034 yil oxirigacha mamlakatning davlat qarzi AQSH yalpi ichki mahsulotining 116 foizini tashkil qiluvchi mutlaq tarixiy rekordga yetishi haqida hisobot e’lon qilgan edi. Ta’kidlanganidek, Amerika qonunchiligida o‘zgarishlar bo‘lmasa, ushbu sanadan keyin qarz darajasi o‘sishda davom etadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Yaponiyadagi maydoni 9 m² boʻlgan kvartiralarda odamlar qanday yashaydi? (foto, video)
Los-Anjelesdagi yongʻinlarni nega oʻchirib boʻlmayapti?
Los-Anjelesda kvartallar, mashhurlar va millionerlarning uylari yonib ketdi (foto)
Panama prezidenti Tramp ustidan BMTga arz qilishini aytdi
Germaniyada zaxiradagi harbiylardan iborat maxsus boʻlinma tashkil etiladi
Toyota kompaniyasi Fuji togʻi etaklarida «aqlli shahar» qurilishini yakunladi
Tramp Grenlandiyadan Rossiyaga qarshi qanday foydalanmoqchi ekani ma'lum boʻldi
Kurskda ikki nafar shimoliy koreyalik harbiy asirga olindi (foto)