Foto: Hi-tech.mail.ru
Yangi Zelandiyada 360 gradusga aylanadigan shishali dumaloq bino sotuvga qo‘yildi. Bu haqda Hi-tech.mail.ru xabar bermoqda. Uy derazasidan xonadon egalari tabiatning turli ko‘rinishidan bahramand bo‘lishi mumkin.
“Mayoq” nomli mazkur uy Yangi Zelandiyaning Hauraki ko‘rfazida, Ouklend shahri markazidan 24 km sharqda joylashgan Maraetay sohilida qad rostlagan.
Aylanma uy loyihasi 1990 yillarda Don Dunik tomonidan ishlab chiqilgan. Uni amalga oshirish uchun ko‘p yillar kerak bo‘lgan. Dunik uyni qurishda ko‘plab qiyinchiliklarga duch keldi, jumladan aylanma uyda suv quvurlari o‘tkazish va elektr-tok montaj ishlari murakkab kechgan. Shuningdek, futuristik uy xavfsiz ekanligini mahalliy hokimiyat organlariga isbotlash kerak bo‘lgan.
Foto: Hi-tech.mail.ru
“Mayoq” platformada ko‘tarilib, pult yordamida aylanadi. Bir marta to‘liq aylanish 33 daqiqani oladi. Yuqori tezlikda esa 15 daqiqa ichida 360 darajaga aylanadi.
Foto: Hi-tech.mail.ru
Uy ikki qavatdan iborat, ichki qismining markazida zinapoyalar, pastki qavatda zanglamaydigan metalldan yasalgan oshxona, mehmonxona va keng balkon bor. Ikkinchi qavatda yotoqxonalar joylashgan.
Foto: Hi-tech.mail.ru
Mazkur uy ilk bor kim oshdi savdosiga qo‘yildi. Uning narxi hali ochiqlanmagan. Ba’zi manbalarga ko‘ra, uyning narxi taxminan 600 ming dollarni tashkil qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Los-Anjelesdagi yongʻinlarni nega oʻchirib boʻlmayapti?
Los-Anjelesda kvartallar, mashhurlar va millionerlarning uylari yonib ketdi (foto)
Panama prezidenti Tramp ustidan BMTga arz qilishini aytdi
Germaniyada zaxiradagi harbiylardan iborat maxsus boʻlinma tashkil etiladi
Toyota kompaniyasi Fuji togʻi etaklarida «aqlli shahar» qurilishini yakunladi
Tramp Grenlandiyadan Rossiyaga qarshi qanday foydalanmoqchi ekani ma'lum boʻldi
Kurskda ikki nafar shimoliy koreyalik harbiy asirga olindi (foto)
Los-Anjelesdagi yongʻinlarning ehtimoliy sababchisi qoʻlga olindi