16:47 / 06.03.2024
192

Xitoy armiyaga rekord darajada mablag‘ sarflaydi

Xitoy armiyaga rekord darajada mablag‘ sarflaydi
Foto: Reuters
Butunxitoy xalq vakillari yig‘ilishida mamlakat bosh vaziri yangi budjet loyihasini taqdim etdi. Ushbu hujjatdagi harbiy xarajatlar o‘tgan yilga nisbatan 7,2 foizga oshib, 231 milliard dollarga yetgan. Bu haqda The Japan Times xabar berdi.

5 mart kuni Xitoy kelasi yil mudofaa budjetini 7,2 foizga oshirishini e’lon qilgan, bu o‘tgan yilgi o‘sish sur’atlariga mos keladi, chunki Pekin AQSH va ittifoqchilar bilan raqobat sharoitida o‘z armiyasini modernizatsiya qilishda davom etmoqda.

Xitoy so‘nggi yillarda yanada kuchliroq armiya yaratish, raketa va yadro qurollarini kuchaytirish hamda ulkan dengiz flotini qurish uchun pul sarflagan.

"Milliy suverenitet, xavfsizlik va taraqqiyot manfaatlarini qat’iy himoya qilish uchun harbiylar va urushga tayyorgarlikni har tomonlama kuchaytirish kerak", — dedi bosh vazir.

Reuters agentligining Singapurdagi Rajaratnam xalqaro tadqiqotlar maktabi tadqiqotchisi Li Minszyanning ta’kidlashicha, Xitoy Tayvan tufayli iqtisodiy qiyinchiliklarga qaramay harbiy xarajatlarni oshirishda davom etadi.

"Xitoy yaqin o‘n yil ichida o‘z armiyasini urushda g‘alaba qozonish darajasigacha kuchaytirishga tayyor", — deya qo‘shimcha qilgan tadqiqotchi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo