Eron telekommunikatsiya vaziri Iso Zarepurning ma’lum qilishicha 1 mart kuni mamlakatda parlament saylovlari bo‘lib o‘tayotgan bir paytda, Eron aloqa infratuzilmasini yakson qilish uchun 20 dan ortiq qo‘poruvchilik harakatlari sodir etishga urinilgan. Maxsus xizmatlar barcha hujumlarning oldini olgan. Bu haqda IRNA nashri xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, hujumlar butun mamlakat bo‘ylab muhim aloqa tarmoqlariga nisbatan tashkil etilishi rejalashtirilgan bo‘lgan. Harbiy tashkilotlarning voqealar haqida oldindan ma’lumotga ega bo‘lganligi tezlikda ishlash hamda hujum sodir etilmasdan oldin uni bartaraf etishga imkon bergan.
Oldinroq Eron hukumati mamlakat bo‘ylab maxsus operatsiya chog‘ida 30 dan ortiq terroristik hujumlar oldi olingani haqida xabar bergan edi. Eron harbiy rahbariyati bergan ma’lumotga ko‘ra, ushbu operatsiyada diniy-ekstremistik guruhlar tomonidan yollangan 28 nafar fuqaro hibsga olingan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Frontdagi vaziyat: Toresk ham ruslar qoʻliga oʻtmoqda, Konstantinovkaga xavf yaqinlashmoqda
Yamandagi yoqilgʻi quyish shoxobchasida portlash sodir boʻldi (video)
Yaponiyadagi maydoni 9 m² boʻlgan kvartiralarda odamlar qanday yashaydi? (foto, video)
Los-Anjelesdagi yongʻinlarni nega oʻchirib boʻlmayapti?
Los-Anjelesda kvartallar, mashhurlar va millionerlarning uylari yonib ketdi (foto)
Panama prezidenti Tramp ustidan BMTga arz qilishini aytdi
Germaniyada zaxiradagi harbiylardan iborat maxsus boʻlinma tashkil etiladi
Toyota kompaniyasi Fuji togʻi etaklarida «aqlli shahar» qurilishini yakunladi