10:17 / 07.03.2024
323

Jahon chempioni Garri Kasparov Rossiyada «terrorchilar va ekstremistlar» ro‘yxatiga kiritildi

Jahon chempioni Garri Kasparov Rossiyada «terrorchilar va ekstremistlar» ro‘yxatiga kiritildi
«Rosfinmonitoring» tashkiloti rossiyalik shaxmatchi va 13-jahon chempioni Garri Kasparovni «terrorchilar va ekstremistlar» ro‘yxatiga kiritdi. Kasparovga nisbatan «terrorchilik» moddasi bo‘yicha jinoiy ish ochilgan.

2023 yil dekabr oyida Rossiya IIV Kasparovga nisbatan tekshiruv o‘tkazgani va uning harakatlarida jinoyat alomatlarini topgani ma’lum bo‘lgan edi. Bu haqda Davlat Dumasi deputati Andrey Alshevskix xabar berdi. Rossiya Tergov Qo‘mitasi Kasparovga nisbatan ish qo‘zg‘atilganini rasman e’lon qilmadi.

2016 yildan buyon Litvada yashovchi Kasparov «Forum svobodnoy Rossii» harakati asoschilaridan biri bo‘ldi. Ukrainaga qarshi urush boshlanganidan beri tashkilot urushga qarshi konferensiyalar o‘tkazib, unga Rossiya muxolifatining turli vakillarini taklif qilmoqda.

2022 yil may oyida Rossiya Adliya vazirligi Kasparovni «xorijiy agent» deb e’lon qildi. 2023 yil 1 fevralda Bosh prokuratura «Forum svobodnoy Rossii» harakatini «nomaqbul» tashkilot deb e’lon qildi.

Garri Kasparov 60 yoshda. 1985 yilda Anatoliy Karpovni mag‘lub etib, jahonning o‘n uchinchi chempioni bo‘lgan. Butunjahon shaxmat olimpiadalarining 8 karra g‘olibi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo