date
views 789

Tramp Ukrainadagi mojaro Putin Baydenga hurmatsizlik qilgani uchun boshlanganini aytdi

Tramp Ukrainadagi mojaro Putin Baydenga hurmatsizlik qilgani uchun boshlanganini aytdi
Foto: Reuters
AQSH sobiq prezidenti Donald Tramp Oq uyning amaldagi rahbari Jo Bayden Ukrainadagi harbiy holat boshlanishida aybdorligini ta’kidladi.

Mojaro Rossiya prezidenti Vladimir Putinning amerikalik hamkasbiga nisbatan hurmatsizligi tufayli boshlanib ketdi, deb yozdi Tramp Truth ijtimoiy tarmog‘ida.

Bu Tramp ma’muriyati davrida hech qachon sodir bo‘lmagan bo‘lardi va to‘rt yil ichida bo‘lmagandi ham!” — deyiladi xabarda.

Avvalroq AQSH prezidenti Ukrainaga yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi qonun loyihasini imzolash uchun taqdim etishga chaqirdi. U Rossiya prezidenti Putinga murojaat qilar ekan, Bayden amerikaliklar Ukraina mojarosida orqaga chekinmasligiga urg‘u qaratdi.

Bayden, shuningdek, AQSH Rossiya Federatsiyasida josuslikda ayblangan Amerika fuqarolari Pol Uilan va Evan Gershkovichni ozod qilishga intilishda davom etishini aytgandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp Ukrainadagi mojaro Putin Baydenga hurmatsizlik qilgani uchun boshlanganini aytdi