Foto: Dunyo
O‘zbekiston elchixonasi xodimlari va Yunnan provinsiyasi Tashqi ishlar departamenti vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
"Dunyo" xabariga ko‘ra, tadbirda Departament direktorining konsullik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari U Vensze va boshqa mas’ul xodimlar ishtirok etdi.
Uchrashuv chog‘ida barcha sohalarda tomonlar o‘rtasidagi hududlararo hamkorlikni yanada mustahkamlash, konsullik-huquqiy sohadagi aloqalarni kuchaytirish, xususan, fuqarolarning madaniy almashinuv va o‘zaro sayohatlarini faollashtirish uchun konsullik xizmatlarini soddalashtirish masalalari muhokama qilindi.
Xitoy tomoniga 2021 yilning 1 martidan boshlab O‘zbekistonda xitoyliklar uchun 10 kungacha vizasiz rejim mavjudligi va mamlakatga sayyohlik maqsadida keluvchi 55 yoshga to‘lgan Xitoy fuqarolari 30 kundan ortiq bo‘lmagan muddatda vizasiz bo‘lish huquqiga ega ekanligi ma’lum qilindi.
Yunnan Tashqi ishlar departamenti va mazkur provinsiya huquqni muhofaza qilish organlari bilan yaqin hamkorlik natijasida 2023–2024 yillarda murakkab hayotiy vaziyatga tushgan 6 nafar vatandoshga tezkor konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatilib, O‘zbekistonga qaytarilgan.
Uchrashuv yakunida tomonlar barcha sohalarda samarali hamkorlik jadallashtirish, mavjud masalalarni tezkorlik bilan hal etish maqsadida muntazam muloqot o‘tkazish amaliyotini davom ettirish to‘g‘risida kelishib oldi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Advokat: Janubiy Koreya prezidenti oʻz xavfsizligi uchun xavotirda
Trampning maslahatchisi Putin bilan uchrashuvga tayyorgarlik boshlanganini aytdi
Eron yangi kamikadze-dron yaratdi
Habib Nurmagomedov AQShda styuardessa bilan tortishgani uchun samolyotdan tushirib yuborildi
Oʻzbekiston delegatsiyasi Haj va umra vazirligi vakillari bilan uchrashdi
Asirlikdagi KXDR harbiylari katta yoʻqotishga uchrashganini aytishdi
Gʻarbda Rossiya boʻyicha NATOga shoshilinch murojaat qilishdi
Dubayda estoniyalik dorboz ikki osmonoʻpar bino orasidan oʻtdi